59
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
uchraydi. hujayraning qaysi tipga mansubligidan qat’i nazar, un-
dagi organik moddalar o‘xshash vazifalarni bajaradi.
Biomolekulalar deb qanday moddalarga aytiladi?
Biopolimerlarga qanday moddalar kiradi?
hujayralarda qanday kichik organik birikmalar mavjud?
1.
2.
3.
1.
2.
Tirik organizmlardagi biopolimerlarning guruhlarini
ko‘rsating.
o‘simlik va hayvon organizmiga xos organik birikmalarni
ko‘rsating.
22 §. uglevodlar uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib,
ular umumiy C
n
(h
2
o)
m
formula bilan ifodalanadi. “uglevod” atama-
sining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xud-
di suv molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
birikmalardir. ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil
bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. uglevodlarning ko‘pchili-
gi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, pax-
ta tolasini, kanop o‘simligi po‘stlog‘ini
sellуuloza deb ataluvchi
polisaxarid tashkil qiladi. kraxmal esa o‘simliklarning ildizmeva-
larida, tugunaklarida va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira
modda sifatida to‘planadi.
hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1–2
foizni, ba’zan jigar va muskul hujayralarida 5 foizni tashkil qiladi.
o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va
ayrim hollarda o‘simliklarning quruq massasining 95 foizi uglevod-
dan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi.
uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topgan or-
ganik birikmalardir, shuningdek, uglevodlarning ko‘pchilik qismida
vodorod atomlari soni kislorod atomlari sonidan ikki baravar ortiq
bo‘ladi.
http:eduportal.uz
60
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
uglevodlar oddiy va murakkab bo‘ladi. oddiy uglevodlar