68
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
tuzilishni saqlab turadi. uchlamchi tuzilishli oqsilga mushak oqsi-
li — mioglobin misoldir. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlar hosil
bo‘lishida vodorod, ionli, disulfid, gidrofob bog‘lar muhim rol o‘ynay
-
di. oqsilning
to‘rtlamchi tuzilishi
—
b i r necha polipeptid zan-
jiridan tuzilgan murakkab oqsillarda kuzatiladi. Bu zanjirlar gidro-
fob, ionli, vodorod bog‘lar orqali birikkan. Muhit sharoitiga qarab bu
bo‘laklar qo‘shilib (assotsatsiya) yoki ajralishib (dissotsa tsiya) tura-
di. Bunga gemoglobin misol bo‘ladi (64- betdagi 21- rasm).
1. oqsil boshqa polimerlar kraxmaldan qanday farq qiladi?
2. Aminokislotalarning kattaligi o‘rtacha qancha bo‘ladi?
3. oqsil tuzilishlari qanday xillarga ajratiladi?
4. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlarni
vujudga kelishida
qaysi bog‘lar muhim ahamiyatga ega?
Quyida berilgan aminokislotalar qanday guruhlarga
mansubligini juftlab ko‘rsating.
1
Glitsin, alanin
А
Dikarbon
kislotalar
2
Aspartat, asparagin
B
Iminokislotalar
3
Lizin, arginin
D
Monoaminokarbon kislotalar
4
Fenilalanin, tirozin
e
Aromatik
aminokislotalar
5
Gistidin, triptofan
F
Geterosiklik aminokislotalar
6
Prolin, oksiprolin
h
Diaminokislotalar
1- 2- 3- 4- 5- 6-
Dostları ilə paylaş: