79
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
ajraladi. Bu reaksiyalarning biologik ahamiyati shundaki, ular hu-
jayrani energiya bilan ta’minlaydi. har
qanday harakat, plastik al-
mashinuv jarayoni energiya sarfi bilan amalga oshadi.
Parchalanish reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada
energiya
almashinuvi
yoki
dissimilyatsiya
deyiladi. Dissimilyatsiya assi-
mil
yatsiyaga qarama-qarshi lekin o‘zaro chambarchas bog‘liq
bo‘lgan jarayonlardir. Chunki har qanday
assimilyatsiya reaksiya-
lari uchun energiya sarflanishi kerak,
bu energiya esa dissimilya-
tsiya reak siyalari natijasida hosil bo‘ladi.
Plastik va energetik almashinuv sababli hujayra hayoti
saqlanib boradi, uning o‘sishi, rivojlanishi
va vazifalarini amalga
oshishi yuzaga chiqadi. Tirik hujayra ochiq sistemadir, chunki hu-
jayra bilan atrof-muhit o‘rtasida moddalar bilan
energiya tinmay
almashinib turadi.
1. Metobolizm deganda nimani tushunasiz?
2. Moddalar almashinuvini qanday xillarga ajratish mumkin?
3. Plastik almashinuv haqida ma’lumot bering.
4. energetik almashinuv haqida gapirib bering.
31 §. Energiya almashinuvi
energiya almashinuvi (dissimilyatsiya)
jarayonida tirik orga-
nizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilya-
tsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchala-
nishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning
uchun energiya al-
mashinuvi jarayoni
Dostları ilə paylaş: