74
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
orasidagi masofa butun DNk bo‘ylab bir xil bo‘lishi ta’minlanadi va
qarama-qarshi turgan nukleotidlar o‘rtasida juda ko‘plab vodorod
bog‘lar vujudga keladi. A (adenin) bilan T (timin) o‘rtasida ikkita,
G (guanin) bilan C (sitozin) o‘rtasida uchta vodorod bog‘ bo‘ladi.
Shuning uchun ham doimo adenin timinga, guanin sitozinga kom-
plementar bo‘ladi (22- rasm).
DNkning tuzilishini amerikalik biolog J.uotson va angliyalik
fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
RNK.
RNk molekulasi ham DNk molekulasi kabi polinukleo-
tid zanjirdir, lekin DNkdan farq qilib, RNk molekulasi bir zanjirli
bo‘ladi. Xuddi DNkdagidek, RNk strukturasi ham to‘rt xil nukleo-
tidlarning navbatlashib borishi bilan yuzaga keladi, lekin RNk nuk-
leotidlarining tarkibi DNk nukleotidlaridan bir oz farq qiladi, ya’ni
RNkdagi uglevod dezoksiriboza emas, balki ribozadir, ribonuk-
lein kislota degan so‘z ham RNk uglevodidan kelib chiqqan. RNk
tarkibida ham azotli asoslar A,G,C bo‘ladi lekin azotli asos timin
Dostları ilə paylaş: