75
hAYoTIY JARAYoNLARNING
kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
bo‘lmaydi uning o‘rniga tuzilishi jihatidan yaqin turadigan uratsil
(u) bo‘ladi.
hujayrada RNkning bir necha xili bo‘ladi. ularning hamma-
si oqsil sintezida ishtirok etadi. Birinchi xili – transport RNk (t-RNk)
dir. t-RNk aminokislotalarni o‘ziga biriktirib olib, oqsil
sintezlanadi-
gan joyga tashib beradi. Ikkinchi xili – informatsion RNk (i-RNk)dir.
i-RNk ning vazifasi DNkdagi oqsilning birlamchi strukturasi to‘g‘risi-
dagi axborotni oqsil sintezlanadigan joyga – ribosomaga yetkazib be-
radi. uchinchi xili – ribosom RNk (r-RNk)dir. r-RNk ribosoma tarkibi-
da bo‘lib, uning vazifasi oqsil molekulasini yig‘ishdir.
ATF.
organizmdagi har bir hujayra
tarkibida adenozintrifos-
fat (ATF) bo‘ladi. ATF ham kimyoviy tuzilishi jihatidan nukleotidlar
qatoriga kiradi. har bir nukleotidda bo‘lganidek, ATF da ham azot
asosi (adenin), uglevod (riboza) va fosfat kislota qoldig‘i bo‘ladi.
ATF da odatdagi nukleotidlardan farqli holatda
bitta fosfat kislo-
ta qoldig‘i o‘rniga uchta fosfat kislota qoldig‘i bo‘ladi. Agar bu mu-
rakkab birikma tarkibidan bitta fosfat kislota qoldig‘i ajralib chiqsa
ade
nozindifosfat (ADF), ikkita fosfat kislota qodig‘i ajralib chiq-
sa, adenozinmonofosfat (AMF) hosil bo‘ladi. uchta fosfat
kislota
tutuv chi (ATF) molekulasi ko‘p energiyaga egadir. Shuning uchun
uni makroergik birikma deb ataladi.
ATF tarkibidagi bitta fosfat kislotaning ajralishi 40 kJ energiya
chiqishiga imkon beradi.
ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning
mavjudligi hu-
jayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plash-
ga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hu-
jayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi.
ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rol o‘ynaydi.
u har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab beruv-
chi bevosita manbadir. organizmning harakatlanishi va unda ke-
chadigan barcha jarayonlar ATF ning
parchalanishi natijasida ho-
sil bo‘ladigan energiya hisobiga amalga oshadi.
http:eduportal.uz
76
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
1. Nuklein kislotalarni birinchi bo‘lib qaysi olim kashf etgan?
2. Nuklein kislotalarning qanday xillari bor?
3. DNk hamda RNkning o‘xshashlik va farqli tomonlarini
tushuntirib bering.
Misollarni bajaring:
1. DNkning o‘ng zanjiridagi
nukleotidlar ketma-
ketligi CTATAGTAA --CAA bo‘lsa, chap zanjirdan transkripsiya asosida
hosil bo‘lgan oqsil fragmentidagi aminokislotalar ketma-ketligini toping.
2. DNk fragmentining bir zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi:
GGTACGATGTCAAGAdan iborat. Bu zanjirda kodlangan oqsilning
birlamchi strukturasini toping.
Dostları ilə paylaş: