Sitologiya va


­ §. Oqsillarning funksiyasi



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

27­ §. Oqsillarning funksiyasi
hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi. 
qurilish funksiyasi
— oqsillar hujayra va uning organoidlari 
membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda 
ishtirok etadi. oqsil membraning ajralmas qismidir.
oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri 
katali­
zatorlik
funksiyasidir. hujayra katalizatorlari odatda 
fermentlar
deb ataladi. hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayo-
nini fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiat-
ga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi. hujayra ichida fer-
mentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlata-
di. hujayradagi har bir reaksiyaning ketishi uchun ayrim ferment 
ke rak bo‘ladi. Ya’ni har bir ferment alohida birikmaga tanlab ta’sir 
ko‘rsatish xususiyatiga ega. 
Signal funksiyasi 
— hujayra membranasining yuza qismi-
da o‘zi ning uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida 
o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tash-
qi muhitdan signallar qabul qilish va hujayraga axborot berib tu-
rish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Harakat funksiyasi
— yuksak hayvonlarning hujayralari 
uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvon-
larda kipriklarning tebranishi, xivchinlar ning harakatlanishi maxsus 
qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.
Transport funksiyasi
— bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy ele-
mentlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil 
to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. eritrotsit tarkibidagi 
gemoglobin oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organ-
larga tashib beradi, organlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan kar-
bonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi.

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin