113
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL
RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
ta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan yadroli yangi hujay-
ra bunyodga keladi. undan endosperm rivojlanadi.
Yopiq urug‘lilarda triploid endosperm, rivojlanib borayotgan
murtak uchun zaxira oziq materialidir.
Binobarin, gulli o‘simliklarda
qo‘sh urug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bir spermiy tu-
xum hujayra bilan qo‘shilib murtakni,
ikkinchisi markaziy hujayra
bilan qo‘shilib endospermni hosil qiladi.
Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodisasini 1898- yilda
akademik S.G.Navashin kashf etgan, endospermning triploid ta-
biati ni esa uning o‘g‘li M.S.Navashin 1915- yilda ochgan.
Bu kash-
fiyot gulli o‘simliklarni juda katta guruhining butun rivojlanish jara-
yonlarini tushunish va o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Partenogenez
. urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtakning
rivojlanishiga
partenogenez
deyiladi. Partenogenez ikki xil bo‘la-
di:
tabiiy
va
sun’iy
partenogenez. Tabiatda tabiiy partenogenez
ayrim qisqichbaqasimonlar (dafniya), pardaqanotlilar (erkak asal-
ari) va o‘simlik shira bitlarida, qisman qushlar (tustovuq)da kuza-
tiladi. Sun’iy partenogenez urug‘lanmagan tuxum
hujayraga har xil
mexanik va kimyoviy omillar ta’sir ettirish orqali amalga oshirila-
di. Misol uchun, baqaning urug‘lanmagan tuxum hujayrasiga nina
bilan ta’sir
ettirilsa, undan yetuk organizm rivojlanishi mumkin,
faqat ularning barchasi urg‘ochi bo‘ladi. Tajriba yo‘li bilan sun’iy
partenogenez tut ipak qurtida,
baliqlar, quyonlar, zamburug‘larda,
o‘simliklardan suvo‘tlarida, bug‘doydoshlar va dukkakdoshlarda
hosil qilingan.
1. hayvonlarda urug‘lanish qanday xillarga ajratiladi? ularni
misollar asosida tushuntirib bering.
2. o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish qanday amalga oshadi?
3. Qo‘sh urug‘lanish hodisasi
va endospermning triploid
tabiatini qaysi olimlar tomonidan kashf etilgan?
4. Partenogenez deb nimaga aytiladi? Partenogenez xillarini
misollar asosida tushuntirib bering.
8. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz
114
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Dostları ilə paylaş: