140
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
chatishtirishda genlarning turli kombinatsiyalari natijasida belgilar-
ning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda
juft allel genlar har xil
gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.
Mendelning uchinchi qonuni –
belgilarning mustaqil holda
irsiylanish qonuni
deb ataladi.
Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin:
ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-
ona organizmlar o‘zaro
chatishtirilganda, genlar va unga mos bel-
gilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.
Mendel qonunlaridan foydalanib, ajralishning
bir muncha mu-
rakkab hollarini uch, to‘rt va undan ham ko‘proq juft belgilari bilan
farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa
bo‘ladi. Agar ota-ona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ik-
kinchi bo‘g‘inda ajralish 3:1, diduragay chatishtirishda esa 9:3:3:1
nisbatda ajralishi kuzatiladi.
Poliduragaylardagi gametalarning umumiy sonini hisoblash
formulasi – 2n, n – genotipdagi geterozigota juft genlarning soni
(Aa) duragayda
ikki xil gameta; AaBb duragayda esa to‘rt xil tip-
dagi gameta hosil bo‘ladi. AaBbCc – triduragayda sakkiz xil tipda-
gi gameta hosil bo‘ladi.
Tahliliy chatishtirish.
Mendel tomonidan ishlab chiqilgan ir-
siyatni o‘rganishning duragaylash
usuli dominant genga ega
bo‘lgan fenotipli organizmlarni genotipi gomozigota yoki geterozi-
gota ekanligini aniqlash imkonini bermaydi. Buning uchun noaniq
genotipga ega organizm sof gomozigota
holdagi retsessiv orga-
nizm bilan qayta chatishtiriladi.
Tahililiy chatishtirish ikki juft belgisi bo‘yicha geterozigota
orga nizmlarda quyidagicha bo‘ladi.
F
b
АаВв х аавв
АВ Ав аВ ав
ав АаВв Аавв ааВв аавв
Bunday chatishtirishdan olingan
duragaylar bir-biridan farq
qiladigan to‘rt xildagi fenotipni hosil qiladi, nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi.
http:eduportal.uz
141
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
1. Diduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
2. Diduragay chatishtirishda Mendelning qaysi qonunlari
yuzaga chiqadi?
3. Diduragay chatishtirishning ikkinchi bo‘g‘inida
necha xil
kombinatsiya amalga oshadi?
4. Diduragay chatishtirishning ikkinchi bo‘g‘inida fenotip va
genotip jihatdan nisbat qanday bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: