Sitologiya va


­ §. 6­ laboratoriya mashg‘uloti. monoduragay



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

49­ §. 6­ laboratoriya mashg‘uloti. monoduragay 
chatishtirishga doir masalalar yechish
1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). 
Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo‘rozlar bilan chatishtiril-
di. F
1
duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo‘ladi?
a) agar F

o‘zaro chatishtirilsa, F
2
da qanday natija kutish mum-
kin?
b) F
1
oddiy tojli xo‘rozlar bilan qayta chatishtirilsa-chi?
2. Quyonlarda yungning normal uzunligi dominant (B), qisqaligi 
retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar 
chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?
Вb x Вb; ВВ x bb; Вb x ВВ.
3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan 
dominantlik qiladi. Tajribada urug‘chi va changchi organizmlar qi-
zil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq 
pomidor hosil bo‘ladi. ota-onaning va F
1
duragaylarning genotipini 
aniqlang.
4. Gomozigota g‘o‘zaning hosil shoxi cheklanmagan (S) va chek-
langan (s) formalari o‘zaro chatishtirildi. F
1
va F
2
avlodning genotipi-
ni va fenotipini aniqlang.
http:eduportal.uz


138
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
50­ §. Di­poliduragay chatishtirish. mendelning 
uchinchi qonuni
organizmlar bir-biridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi. Ikki 
va undan ortiq belgilarni irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va 
poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin.
Diduragay
yoki 
poliduragay
chatishtirish deb, ikki yoki un-
dan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlarni 
o‘zaro chatishtirishga aytiladi.
Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft 
belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va 
burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini o‘za-
ro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) 
dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. har 
bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gameta-
larning qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil, ya’ni 
sariq-silliq bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bit-
tasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish nati-
jasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, 
huddi shuningdek, a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga 
tushishi mumkin.
har bir organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, 
statistik qonuniyat bo‘yicha har bir F
1
duragayda to‘rt xilda 25 % 
dan – AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo‘ladi. urug‘lanish jarayo-
nida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir 
gameta lari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katak-
chasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga 
gorizontal bo‘yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo‘yicha ka-
takchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gameta lari yozila-
di. katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan 
zigotalarning genotipi yoziladi (50- rasm). F
2
da hosil bo‘lgan orga-
nizmlarni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.
http:eduportal.uz


139
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9 ta 
sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil 
burish gan duragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha 
ajralishni hisoblab chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni ya shil 
rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 
bo‘ladi. Shunday qilib, diduragay chatishtirishda har juft belgilar 
boshqa juft belgilarga bog‘liq bo‘lmagan holda xuddi monodura-
gay chatishtirishdagidek ajralishga uchraydi.
Diduragay chatishtirishda F

bo‘g‘inda fenotip jihatdan nisbat 
9:3:3:1, genotip jihatdan nisbat 1:2:2:4:1:2:1:2:1 bo‘ladi. 
urug‘lanish jarayonida gametalarning tasodifan uchrashish 
ehtimoli barchasi uchun bir xil bo‘ladi. hosil bo‘lgan zigotalar-
da genlarning har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin