169
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
jasini o‘rganish uchun juda qulay biologik obyektdir. Ma’lumki,
odamda egizaklar ikki xil bo‘ladi. Ba’zi
hollarda bir emas, balki ik-
kita (kamdan-kam hollarda uchta va hatto to‘rtta) tuxum hujayra
urug‘lanadi. egizaklar bitta tuxum hujayradan
va har xil tuxum hu-
jayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar
bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o‘xshash bo‘ladi. Bu tushunarli al-
batta, chunki ular
bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi ta-
fovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.
har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarda egizak emas aka-
uka yoki opa-singillardek bir-biriga o‘xshash bir xil yoki har xil
jins li bo‘ladi.
Sitogenetik usul.
Sog‘lom va kasal odamlarda xromosomalar
soni va tuzilishini maxsus mikroskoplar yordamida qiyosiy o‘rga-
nishdan iborat. Bu usul odam genetikasi haqida boy ma’lumot
o lish imkoniyatini beradigan usullardan biridir. So‘ngi yillarda si-
togenetik usul katta ahamiyat kasb etdi. u odamda
uchraydigan
irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina qim-
matli materiallar beradi. Genetika nuqtayi nazaridan olganda irsiy
kasalliklar mutatsiyalardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi retses-
sivdir. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan da-
rajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi.
Belgilar
Dominant
Retsessiv
Jingalak (geterozigotada taram-taram)
soch
Sochning erta to‘kilishi
Malla bo‘lmagan soch
Qo‘y ko‘z
Sepkillar
Pakanalik
Polidaktiliya (ortiqcha barmoqlar
bo‘lishi)
To‘g‘ri soch
Normal
Malla soch
ko‘k yoki kulrang ko‘z
Sepkillar bo‘lmasligi
Normal bo‘y
Barmoqlar
sonining normal
bo‘lishi
http:eduportal.uz
170
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Xromosoma mutatsiyalarining shunday bir toifasi borki, ular
xromosomalar soni yoki tuzilishining ko‘rinarli o‘zgarishlari bilan
ifodalanadi. odamda bunday mutatsiyalar
sitogenetik usul bilan
aniqlanadi.
So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma sonini
unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga
imkon be-
radigan yangi usullar ishlab chiqildi. Bu shundan iboratki, qon
ley kositlari 37 °C da alohida oziq muhitiga tushirib qo‘yiladi, bu
muhitda ular bo‘linadi. ulardan xromosomalar soni va tuzilishi
ko‘rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. keyinchalik odam xro-
mosomalarini alohida bo‘yoqlar bilan bo‘yash
usullari ishlab chiqil-
di, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko‘rishdan tashqari
ayrim xromosomalardagi ancha nozik o‘zgarishlarni ham o‘rga-
nishga imkon berdi.
Dostları ilə paylaş: