98
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL
RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
metafaza
– xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Bu
davrda xromosomalar eng kalta va yo‘g‘onlashgan holatga o‘tadi.
Xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi. Xro-
mosomalar qutblardan bir xil masofada, ya’ni ekvator tekisligida
bir tekis joylashadi. Xromosomalar orasidagi masofa bir xil bo‘la-
di. Xromosoma sentromeralari qat’iy
qonuniyat asosida ekvator
tekisligida bir xil holatda joylashadi. har bir xromosomaning xro-
matidlari bir-biridan itarilib, faqat birlamchi belbog‘
bilan birikkan
bo‘ladi. Bo‘linish urchug‘i to‘liq shakllanadi. har bir xromosoma
o‘z sentromerasi bilan bittadan bo‘linish urchug‘iga birikadi.
Anafazada
– xromosoma xromatidalarini birlashtirib turuvchi
belbog‘ uziladi, natijada xromatidalar mustaqil xromosomaga ayla-
nadi. Sentromeraga birikkan bo‘linish urchug‘i
qisqarishi natijasida
xromosomalarni hujayra qutblariga tomon torta boshlaydi.
Telofazada
– mitoz jarayoni yakunlanadi. Bu bosqichda
xromosomalar qutblarga to‘planadi, spirallari yoyila boshlaydi,
yorug‘lik mikroskopida yaxshi ko‘rinmaydigan bo‘lib qoladi. Sito-
plazmaning membranali qismlaridan yadro qobig‘i hosil bo‘ladi.
Mitoz:
A
— triton terisidagi hujayra;
B — piyoz
po‘sti hujayrasi.
29 rasm.
1
interfaza;
2 profaza;
3,4 metafaza;
5,6 boshlang‘ich va oxirgi anafaza;
7 telofaza.
A
B
http:eduportal.uz
99
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Yadrochalar qaytadan shakllanadi. Telofazaning oxirida sitoplaz-
maning ikkiga ajralishi (sitokinez) kuzatiladi. hayvon
hujayralarida
sitoplazma va plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo bo‘lib,
uning asta-sekin torayishi natijasida hujayra teng ikkiga bo‘linadi.
o‘simlik hujayralarida esa hujayraning o‘rtasida sitoplazma-
tik membrana paydo bo‘lib, hujayraning chetiga tarqala boshlay-
di. Bunda hujayrani teng ikkiga bo‘luvchi ko‘ndalang to‘siq pay-
do bo‘ladi. keyin esa sellyuloza qobig‘i hosil bo‘ladi.
Mitoz bos-
qichlari juda qisqa bo‘lib, 30 daqiqadan 3 soatgacha davom etadi.
Dostları ilə paylaş: