gomeostaz deyiladi.
Gomeostazni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi doi-
miyligini va butunligini ta’minlashda
regeneratsiya muhim aha-
miyatga ega.
Regeneratsiya deb, organizmlarning hayot faoliya-
ti davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan
yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta
tiklanishiga aytiladi.
Ichki muhitning doimiyligini saqlashda organizmning barcha
sistemalari birgalikda qatnashadi. Natijada organizmning tana
harorati, kimyoviy ionlar va gazlar tarkibi, qon bosimi, nafas
olish va yurak urishi tezligi, moddalarning almashinuvi doimiyligi
saqlanadi.
http:eduportal.uz
124
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining da-
vom etishi qiyin bo‘lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shun-
day sharoitlarda organizm anabioz (“ana” – yangi, “bios” – ha-
yot so‘zlari dan olingan) holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi orga-
nizmlarda moddalar almashinuvi juda sekinlashadi yoki vaqtincha
deyarli to‘xtaydi. Mikroorganizmlarning sporalari, o‘simliklarning
urug‘lari, hayvonlar tuxumlari anabiozga misol bo‘la oladi.
1
.
Postembrional rivojlanish davriga abiotik omillar qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
2. Akseleratsiya deb nimaga aytiladi? uning sababi nima?
3. Gomeostaz deb nimaga aytiladi?
4
.
Anabioz nima va unga misollar keltiring.
46 §. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Biogenetik qonun. Embrionlarning o‘xshashlik qonuni Barcha ko‘p hujayrali organizmlar bitta urug‘langan tuxum hu-
jayra (zigota)dan rivojlanadi. Bir tipga mansub organizmlar mur-
tagining rivojlanishi ko‘p tomondan o‘xshash. Barcha xordali hay-
vonlarning embrional rivojlanish davrida o‘q skelet – xorda shakl-
lanadi, nerv nayi hosil bo‘ladi, halqumining oldingi qismida jabra
yoriqlari paydo bo‘ladi.
umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda
o‘xshashdir (48- rasm). Bu dalillar k.Ber tomonidan embrionlar-
ning o‘xshashlik qonunida ilgari surilgan.
embrionlarning o‘xshashlik qonunining isboti: “embrion dast-
labki rivojlanish davrida tip uchun umumiy belgilari jihatidan
o‘xshash bo‘ladi”. har xil sistematik guruhga mansub organizm-
lar murtagining rivojlanishini o‘xshash bo‘lishi, ularning kelib chi-
qishi birligining isbotidir. keyinchalik embrional rivojlanishda sinf,
oila, tur va oxirida o‘sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi.
embrion
ning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi
emb- http:eduportal.uz
125
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM