Sitologiya va


genotip deb ataladi. organizmning  barcha belgi va xususiyatlarning yig‘indisi  fenotip



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

genotip
deb ataladi. organizmning 
barcha belgi va xususiyatlarning yig‘indisi 
fenotip
deb ataladi. 
Tirik organizmlar fenotipining qanday bo‘lishi, uning genotipiga 
hamda ma’lum darajada tashqi sharoit omillariga bog‘liq.
Genetika fani oldida turgan vazifalar quyidagilardir: 
— irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlarning 
strukturasi va funksiyasini tekshirish;
— organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga 
beri lishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;
— turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarda irsiy 
o‘zgaruvchanlikning paydo bo‘lish qonuniyatlarini ochish;
— inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sermahsul o‘simlik nav-
lari, hayvon zotlari, mikroorganizm shtammlarini yaratishning sa-
marali usullarini ishlab chiqish;
— odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo‘lish sabablari-
ni o‘rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali usul-
larini izlab topish.
Bu vazifalarni hal etishda genetika fani bir qator usullardan 
foydalanadi. ular quyidagilar:
Duragaylash. 
Bu usulning mohiyati chatishtirish natijasida 
olingan avlodlarda ota-ona belgilarining irsiylanishini o‘rganishdan 
iborat.
Sitogenetik.
ushbu usul qo‘llanilganda ota-ona belgilari-
ning irsiylanishi bilan birga xromosomalarning holati maxsus 
mikroskop lar yordamida o‘rganiladi.
molekular genetik.
Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy 
asosi bo‘lgan DNk va RNkning strukturasi va vazifasi o‘rganiladi.
Ontogenetik.
Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy 
rivojlanish taraqqiyotida genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri 
fenotipning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi.
http:eduportal.uz


129
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin