genotip deb ataladi. organizmning
barcha belgi va xususiyatlarning yig‘indisi
fenotip deb ataladi.
Tirik organizmlar fenotipining qanday bo‘lishi, uning genotipiga
hamda ma’lum darajada tashqi sharoit omillariga bog‘liq.
Genetika fani oldida turgan vazifalar quyidagilardir:
— irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlarning
strukturasi va funksiyasini tekshirish;
— organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga
beri lishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;
— turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarda irsiy
o‘zgaruvchanlikning paydo bo‘lish qonuniyatlarini ochish;
— inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sermahsul o‘simlik nav-
lari, hayvon zotlari, mikroorganizm shtammlarini yaratishning sa-
marali usullarini ishlab chiqish;
— odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo‘lish sabablari-
ni o‘rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali usul-
larini izlab topish.
Bu vazifalarni hal etishda genetika fani bir qator usullardan
foydalanadi. ular quyidagilar:
Duragaylash. Bu usulning mohiyati chatishtirish natijasida
olingan avlodlarda ota-ona belgilarining irsiylanishini o‘rganishdan
iborat.
Sitogenetik. ushbu usul qo‘llanilganda ota-ona belgilari-
ning irsiylanishi bilan birga xromosomalarning holati maxsus
mikroskop lar yordamida o‘rganiladi.
molekular genetik. Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy
asosi bo‘lgan DNk va RNkning strukturasi va vazifasi o‘rganiladi.
Ontogenetik. Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy
rivojlanish taraqqiyotida genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri
fenotipning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi.
http:eduportal.uz