Tamaddun
Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka,
davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng
maʼnoda — ongli mavjudotlar
mavjudligining har qan-day shakli; 2)
madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin
koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida
xam qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon
va makonda chegaralangan tarixiy tipi
(Misr S.si, Mesopotamiya S.si va
boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj
keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S."
tushunchasi 18-asrda "madaniyat"
tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda
paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf
maʼrifatparvarlari akd va adolatga
asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat
deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S."
deganda jamiyatning moddiy-texnika
yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa
fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini
tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu
tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi
qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler
fikricha, "S." har qanday madaniyat
taraqqiyotining muayyan tugal boskichini
bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli
sifatida tushunish madaniyatning bir
butunligi va tabiiyligiga ziddir.
Tamaddun yoki sivilizatsiya —
jamiyatning rivojlanganlik darajasini
koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyat, fan,
texnika, din va hokazoni oʻz ichiga oladi.
Tamaddun inson jamiyatining ongli
ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har
qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi.
„Sivilizatsiya“ soʻzi lotinchada
fuqarolarga oid, ijtimoiy degan maʼnolarni
anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz
faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin
vaqt — ikki asr oldin kiritilgan boʻlib,
tafakkur va erkinlik hukmron boʻlgan
jamiyatlarni tavsiflash uchun qoʻllanilgan.
Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan
mamlakatlardagi iqtisodiy va
ijtimoiy
-
huquqiy munosabatlarning oqilona
tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin
etiladi. Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya
nuqtai-nazaridan oʻrganishda
sivilizatsiyalarning almashuvi nazariyasi
muhim oʻrin tutadi. Bu nazariya
tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan
iborat sivilizatsiyani ajratib koʻrsatadilar:
1. davomiylik muddati 30-35 asrni oʻz
ichiga olgan
neolit davri
;
2. davomiylik muddati 20-23 asrni oʻz
ichiga olgan sharqiy
quldorlik davri
(bronza asri);
3. davomiylik muddati 12-13 asrni oʻz
ichiga olgan antik davr (
temir asri
);
4. davomiylik muddati 7 asrni oʻz
ichiga olgan erta
feodal davri
;
5. davomiylik muddati 4,5 asrni oʻz
ichiga olgan industrlashishdan
oldingi davr;
6. davomiylik muddati 2,5 asrni oʻz
ichiga olgan
industrial davri
;
7. davomiylik muddati 1,3 asrni oʻz
ichiga olgan yuqori
industrlashish
davri
.
Bu qayd qilingan bosqichlardan koʻrinib
turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar
va yondashuvlarni aralashtirish holatiga
yoʻl qoʻyilib, jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni
yoki belgisi mavjud emas.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tamaddun&oldid=1995957
" dan
olindi
Dostları ilə paylaş: |