Ob'ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata Kenja tip. Bosh skeletsizlar — Acrania Sinf. Xordaboshlilar — Cephalochordata Turkum. Lansetniksimonlar — Amphioxiformes Vakil. Lansetnik — Branchiostoma lanceolatum Lansetnikning qoni rangsiz bo'lib, ularda yurak bo'lmaydi. Ayirish organi metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo'lib, 90 juft qisqa naychalar halqum ustida joylashgan (4-rasm).
Ayirish sistemasi.Tomoq atrofida joylashgan 90 juftgacha bo'lgan metamer nefridiylar ayirish organi hisoblanadi. Nefridial naychalarning bir uchi atrial bo'shliqqa, ikkinchi uchi esa ayirish naychasini tana bo'shlig'i bilan tutashtirib turuvchi qator teshikchalari bo'lgan, tomoq ustidan o'tadigan juft naychaga ochiladi. Odiy preparatda ayirish organlari ko'rinmaydi.
Lansetnik nefridiyalari:
1- jabra yorig'ining ustki uchi, 2-jabra oldi bo'shlig'iga ochiladigan ncfridiya kanalcha teshigi, 3-ncfrostomalar.
TO'GARAK OG'IZLILARNING AYIRISH SISTEMASINING TUZILISHI
Ob'ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chord at a Kenja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki Bosh skeletlilar — Craniata Bo'lim. Jag'sizlar — Agnatha Sinf. To'garak og'izlilar — Cyclostomata Turkum. Minogalar — Petromyzoniformes Vakil. Daryo minogasi — Lampetra fluviatilis L.
Tashqi ko'rinishi. Daryo niinogasining gavdasi hozirgi barcha to'garak og'izlilarniki singari ilonga o'xshash bo'ladi. Minoga gavdasini uch qismga — bosh, tana va dumga bo'lish mumkin. Bu qismlar aniq chegarasiz, ya ni bir-biriga qo'shilib ketgan. Boshining uchida so'ruvchi og'iz voronkasining katta teshigi joylashgan bo'lib (8-rasm), Lining atrofi teri popukcha-lar bilan o'ralgan.