Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi Muskullari va tana bo’shlig’i. Daryo qisqichbaqasining muskullan alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to’p-to’p bo’lib joylashgan. Xitin qoplag’ichi keng tana bo’shlig’ini o’rab turadi. Ichki organlar ana shu bo’shliqda joyiashgan. Xazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og’zi boshining ostida joylashgan. Oziq og’iz, qisqa halqum va qizilo’ngach orqali ikki bo’lmali oshqozonga o’tadi Oziq birinchi - katta oshqozonda maydalangach, ikkinchi -kichik oshqozonga tushadi. U yerdan oziq suzilib o’tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo’ladi. Hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o’rtasida joyiashgan anal teshigi orqali chiqariladi. Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko’krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan. qon aylanish sistemasi ochiq. qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo’shlig’iga o’tib, to’qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig’ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o’tadi; qonda to’planib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to’yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo’shlig’iga o’tadi. Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg’ir chuvalchanginikiga o’xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo’shlig’ida joylashgan, naychalari esa kalta mo’ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi. Yashil bronza qo’ng’izining ichki tuzilishi Hazm qilish sistemasi. Yashil bronza qo’ng’izi o’simliklar guli, yosh barglari va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qo’ng’iz o’tkir yuqori jag’lari yordamida o’simlik to’qimasini uzib olib, pastki jag’lari bilan chaynab maydalaydi. Ana shunga o’xshash qattiq oziqni chaynashga moslashgan og’iz organlari kemiruvchi hisoblanadi. Oziq og’iz bo’shlig’ida so’lak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali qizilo’ngachga, undan muskulli oshqozonga tushadi. Oshqozonda ezilgan oziq ichakka o’tadi. Ichakda oziq hazm bo’ladi. Hazm bo’lmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqati tashqariga chiqarib yuboriladi. Hasharotlar og’iz organlari har xil tuzilgan. qattiq o’simlik va hayvonlar to’qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qo’ng’izlar, chigirtkalar, chumolilar. beshiktervatarlar)ning og’iz organlari yashil bronza qo’ng’izinikiga o’xshash kemiruvchi bo’ladi. Suyuq oziq (o’simlik shirasi, gul nektari, qon) bilan oziqlanadigan hasharotlarning og’iz organlari uzun va ingichka xartumchadan iborat. Qon aylanish sistemasi hamma bo’g’imoyoqlilar singari ochiq bo’ladi. Qoni tana bo’shlig’ini to’ldirib turadi. Ichki organlari va to’qimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar to’qimalarga o’tadi, to’qimalardan esa moddalar-almashinuvining oxirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlarning qoni nafas olishda ishtirok etmaydi, ya’ni kislorod tashimaydi. Yuragi qorin bo’limida, ichagi ustida tana bo’ylab joylashgan muskulli naychadan iborat. Yurakdan bosh tomoniga qarab bitla qisqa qon tomiri ketadi. Bu tomirning uchi tana bo’shlig’iga ochiladi.Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana bo’shlig’iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana bo’shlig’idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o’tadi. Nafas olish sistemasi tana bo’shlig’ida joylashgan juda ko’p shoxlangan ingichka naychalarga o’xshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bo’limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o’tadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi. Ayirish sistemasi qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi uchi esa ichak bo’shlig’iga ochiladi. Tana bo’shlig’idagi qondan malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mahsulotlari o’tib, naychalar bo’shlig’ida kristallanadi va ichak bo’shlig’iga o’tib, undan oziq qoldig’i bilan birga chiqib ketadi. http://fayllar.org