Erkak baqaning siydik-tanosil sistemasi: l-buyrak, 2-siydik yo'li (urug' yo'li ham hisoblanadi), 3-kloaka bo'shlig'i, 4-siydik-ta-nosil teshigi, 5-siydik pufagi, 6-siydik pufagi-ning teshigi, 7-urug'don, 8-urug' olib chiquvchi kanallar, 9-urug' pufagi, 10-yog' tanachasi, 11-buyrak usti bezi.
Ayirish organi.Amfibiyalarning ayirish organi (47, 48-rasmlar) baliqlarnikiga o'xshash tana buyrak (mezo-nefros)dan iborat. Ular qizil, jigar rangli, g'uj uzunchoq bo'lib, umurtqa pog'onasining yon tomonlarida joylashgan. Buyrak-lardan kloakagacha ingichka ipsimon volfov kanallari cho'zilib yotadi. Urg'ochi baqalarda volfov kanali faqat siydik yo'li vazifasini, erkaklarida esa ham siydik yo'li va ham urug' yo'li vazifasini bajaradi. Volfov kanallari kloakaga mustaqil teshik bilan ochiladi. Shu tariqa kloakaga siydik pufagining teshigi ham ochiladi. Baqalarda siydik oldin kloakaga yig'ilib, so'ngra undan siydik pufagiga o'tadi. Buyrakning ostki tomonida ingichka uzunchoq buyrak usti bezlari o'rnashgan.
Urg'ochi baqaning siydik-tanosil sistemasi: 1-buyrak, 2-siydik yo'li, 3-kloaka bo'shlig'i, 4-siydik teshigi, 5-siydik pufa-gi. 6-siydik pufagining teshigi, 7chap tu-xumdon (o'ng tuxumdon rasmda chizil-magan), 8-tuxum yo'li, 9-tuxum yo'lining voronkasi, 10-yog' tanachasi (o'ng tomo-nidagi ko'rsatilmagan), II-buyrak usti bezi, 12-jinsiy teshik (tuxum yo'lining teshigi).
Jinsiy organi.Yetilgan tuxumlar tuxumdon devorini teshib tana bo'shlig'iga tushadi. So'ngra tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga va bu orqali kloakaga o'tadi. Tuxumlar tuxum yo'lidan o'tish paytida studenik (dirildoq) pardaga o'raladi. Bachadon tuxumlar qo'yishga qulay shaklni oladi. Shunday qilib, urg'ochi baqalar siydik-tanosil yo'llari bir-biri-dan to'liq ajralgan. Urug' va tuxumdonlarning ustida suvda ham quruqlikda yashovchilar uchun xarakterli bittadan yog' tanachasi yotadi. Uning pallalari katta-kichik sariq tanacha-lardan iborat bo'lib, bu tuxum va urug' hujayralarning oz-iqlanishi uchun sarf bo'ladi.