Siyishning buzilishi Sogʻlom odam bir sutka davomida oʻrtacha 1500 ml siydik



Yüklə 166,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.04.2023
ölçüsü166,4 Kb.
#92084
  1   2   3   4
Siydik chiqarish kanali - Vikipediya



Peshob
ajralishining
buzilishi
Siyishning buzilishi - Sogʻlom odam bir
sutka davomida oʻrtacha 1500 ml siydik
ajratadi, bu bir sutka mobaynida qabul
qilingan suyuqlikning qariyb 75% ni
(qolgan 25% oʻpkalar, teri, ichaklar orqali
ajraladi) tashkil etadi. Bir sutkada siyish
meʼyorda 4 yoki 6 martagacha oʻzgarib
turadi. Qovuq butunlay boʻshaydi. Siyish


jarayoni 20 soniyadan ortiq davom
etmaydi, siyishning tezligi meʼyorda
ayollar uchun 20–25 ml/s ga va erkaklar
uchun 15–25 ml/s ga teng. Erkaklarda
siydik oqimi parabola hosil qilib ancha
masofaga chiqariladi.
Butunlay xushiga bogʻliq, yaʼni ixtiyoriy
holat. U markaziy nerv tizimidan
impulslar kelishi bilan boshlanadi.
Siyishga boʻlgan istakni hatto qovuq toʻlib
turganda ham toʻxtatib turish mumkin.
Siyish boshlanganda uni tegishli
Peshob ajralishining buzilishi
Ayirish tizimi kasalliklari
Odamda siydik chiqarish


impulslar bilan toʻxtatib qoʻyish ham
mumkin. Qovuqning fiziologik hajmi
250–300 ml ni tashkil etadi
[1]
, lekin bir
qancha omillar (harorat va atrof
muhitning namligi, odamning
taʼsirchanlik holati)ga qarab u oʻzgarib
turishi mumkin.
Siyish jarayonining buzilishlaridan
(dizuriya) birinchi navbatda uning
tezlashishi, yaʼni pollakiuriyani
[2]
aytish
mumkin. Bu belgi pastki siydik yoʻllari va
prostata bezining kasalliklariga xos. Har
bir siyishda kam sonda siydik chiqadi; bir
sutkada chiqqan siydik soni
meʼyordagidan koʻp boʻlmaydi. Agar tez–
Pollakiuriya


tez siyish koʻp sonda siydik chiqarish
bilan kuzatilsa, sutkalik siydik soni
meʼyordagidan ancha koʻp boʻlsa, unda
bu siydik ajratish (diabet, buyrakning
surunkali yetishmovchiligi va b.)
mexanizmining zararlanganligi belgisi
boʻladi. Tez–tez siyish bir sutkada 15–20
marta va undan koʻproq boʻlishi mumkin.
Pollakiuriya baʼzan siyishga imperativ
(buyruq) istak bilan kuzatiladi. Qovuqda
tosh boʻlganda, odatda, tez–tez siyish
faqat kunduzi va harakat vaqtida paydo
boʻlib, kechasi va harakatsiz holatda
yoʻqoladi. Prostata bezida oʻsma
boʻlganda koʻpincha tungi pollakiuriya
roʻy beradi. Qovuqning surunkali
kasalliklarida doimiy pollakiuriya kuzatilib


u baʼzi dorilarni (masalan, siydik
haydovchi) qabul qilganda ham paydo
boʻlishi mumkin. Pollakiuriya koʻpincha
ogʻriq bilan kuzatiladi.
Oligakiuriya - bu gʻayritabiiy kam siyish,
odatda orqa miyaning shikastlanishi yoki
kasalliklari oqibatida qovuq
innervatsiyasining buzilishi bilan bogʻliq
boʻladi.
Oligakiuriya


Nikturiya
[3]
 yoki, toʻgʻrirogʻi – tungi
pollakiuriya, tez–tez siyish hisobiga tungi
siydik miqdorining kunduzgidan ortiq
boʻlishi. Bunga, odatda, yurak–tomir
yetishmovchiligi sabab boʻladi, yaʼni
kunduz kuni yurganda va jismoniy ish
qilganda yashirin shishlar paydo boʻladi
va qachon yurak faoliyati uchun sharoit
yaxshilanganda, asosan, tunda ularning
kamayishi kuzatiladi, bu diabet va
prostata bezi kasalliklarida ham boʻlishi
mumkin.
Siydik nayi va Siydik yo'llari
Nikturiya


Stranguriya
[4]
– siyishda qiynalish, uning
tezlashishi va ogʻriq bilan birga kelishidir.
Stranguriyada bemor qovugʻining
tortishib qisqarishini sezadi, baʼzan
behuda yoki bir oz sonda siydik chiqishi
bilan kuzatiladi. Odatda, stranguriya
siyishga imperativ qistash bilan
kuzatiladi. Qovuqda patologik jarayon
boʻlganda stranguriya ayniqsa bilinadi.
Siydik tutaolmaslik
[5]
– siyishga qistash
boʻlmasdan siydikning ixtiyorsiz chiqishi
(oqishi). Siydikning chiqib ketishi
Stranguriya
Siydik tutaolmaslik


uretradan yoki undan tashqarida kelib
chiqishi mumkin. Uretradan siydik
tutaolmaslikning quyidagi turlari farq
qilinadi:
– stressli – kuchanganda siydik
tutaolmaslik;
– urgentli (imperativ) — siyish aktining
yaqqol, toʻxtatib boʻlmaydigan qistashi
oqibatida boʻlishi;
– siydikning surunkali tutilishi natijasida
qovuq toʻlib ketganda, siyishga qistash
boʻlmasa ham siydikni tuta olmaslik.



Yüklə 166,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin