Siyosatning obyekti — siyosiy sohaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
qismsiz siyosiy qarorlar ishlab chiqilmaydi va amalga oshirilmaydi.
Siyosatning obyektiga jamiyatning barcha sohalari- ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy—ma’rifiy, diniy sohalari kiradi. Bu sohalar o‘z manfaatlari va
ehtiyojlarini siyosatda aks ettiradi va ularni qondirishga erishadi.
Siyosat obyektiga ko‘ra quyidagi yo’nalishlarga ajraladi: ichki, tashqi,
ijtimoiy, milliy, diniy, iqtisodiy, moliyaviy, agrar, ekologik, madaniy,
ilmiy— texnikaviy, geosiyosiy va boshqalar.
Siyosat subyektining maqsad va funksiyalari o‘z-o‘zidan, muayyan
vositalarsiz ishlab chiqilmaydi va amalga oshirilmaydi. Bu maqsad va
vazifalar turli—tuman vositalar yordamida ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |