Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Nazorat savollari 

1.  Hokimiyat tushunchasini ta’riflang. 

2.  Hokimiyatning  ob’yekti  va  sub’yektini  misollar  orqali  tushuntirib 

bering. 


3.  Hokimiyatning qanday resurslari(imkoniyatlari) mavjud? 

4.  Hokimiyat qanday funksiyalarni bajaradi? 



 

Referat mavzulari 


 

26

 

1.  Hokimiyat vujudga kelishining tarixiy ildizlari. 



2.  Xalq hokimiyat manbai sifatida. 

3.  Hokimiyat tushunchasiga oid eng muhim yondashuvlar va ularning 

o‘ziga xos xususiyatlari 

4.  Hokimiyatning zamonaviy nazariy tahlili. 

5.  Hokimiyatning islomiy talqini. 

 

Hokimiyat tushunchasi va uning tabiati 

Siyosatshunoslikning  asosiy  masalasi  «hokimiyat»  bo‘lib,  bu  atama 

juda  ko‘p  ma’nolarga  ega.  Tabiatshunoslar  tabiat  ustidan  hukmronlik  qilish 

haqida, iqtisodchilar xo‘jalik hokimiyati haqida, faylasuflar jamiyat ob’yektiv 

qonunlarining hukmronligi haqida, huquqshunoslar davlat hokimiyati haqida, 

ruhshunoslar  insonning  o‘z-o‘ziga  hukmronlik  qilish,  pedagoglar  esa  ota-

onalarning bolalar ustidan hukmronligi haqida so‘z yuritadilar. 

"Hokimiyat"  tushunchasiga  aniq  ta’rif  berish  nafaqat  nazariy,  balki 

amaliy  ahamiyatga  ega.  Jamiyatda  chuqur  islohotlar  o‘tayotgan  bir  davrda 

islohotlarning  ko‘lami,  sur’ati  va  samaradorligi  hokimiyat  sohasidagi 

o‘zgarishlar  ko‘lami,  sur’at  va  samarasiga  to‘g‘ri  proportsional  ekanligini 

juda  ko‘p  mamlakatlar  misolida  ko‘rishimiz  mumkin.  Shuning  uchun, 

siyosatda hokimiyatning o‘rnini, vazifalarini va, umuman, bu tushunchaning 

mazmunini  to‘g‘ri  anglash,  siyosiy  jarayonlar  to‘g‘risida  hukm  yuritish,  uni 

to‘g‘ri baholash imkonini beradi. 

Ko‘pgina olimlar hokimiyatni siyosatning asosiy masalasi, uning bosh 

muammosi,  deb  hisoblaydilar.  Hokimiyat  siyosatda  odamlar  faoliyatining 

alohida bir sohasi sifatida shakllanish imkonini beradi. 

Jamiyatda,  odamlar  o‘rtasidagi  munosabat  tarzida  vujudga  keluvchi 

hokimiyat  dastlab  siyosiy  tabiatga  ega  bo‘lmagan,  chunki  u,  asosan,  mos 

tushuvchi  manfaatlarni  tartibga  solgan  (oqsoqollar,  qabila  boshliqlari, 

avliyolarning avtoritetga asoslangan anonim hokimiyati).  

Jamiyatning 

rivojlanishi, 

uning 


keyingi 

murakkablashuvi 

hokimiyatning  samaradorligini  oshirish  maqsadida  markazlashuviga  olib 

keladi.  Hokimiyat  qabila  boshliqlari,  beklar,  xonlar,  guruhlar  qo‘lida 

to‘planadi  (individual  hokimiyat).  Mana  shu  hokimiyatning  mukammal 

shakllarini  topishga  intilish,  ko‘pgina  sharq  mutafakkirlari  asarlarida 

uchraydi.  Ammo,  ijtimoiy  tengsizlikning  ortib  borishi,  ijtimoiy  tizimlarning 



 

27

 

murakkablashishi  hokimiyatning  institutsional  shakllarini  keltirib  chiqaradi. 



Hokimiyat  boshqaruv,  barqarorlik,  muvofiqlashtirish  vazifalarini  bajaruvchi 

maxsus institutlarga tayana boshlaydi.  

Aslida insoniyat tarixini hokimiyatsizlik (tartibsizlik, anarxiya) va hokimiyat 

mustabidligi  (diktatura)  o‘rtasida  eng  ma’qul,  o‘rta  miyona  echimni 

topishdan iborat, deb aytish to‘g‘ri bo‘ladi.  

Siyosiy  fikr  tarixida  hokimiyatga  e’tibor  juda  qadimdan  mavjud. 

Hokimiyat  to‘g‘risida  fikr-mulohazalarni  biz  dunyodagi  eng  qadimgi 

qo‘lyozma  manbalarida  uchratamiz.  O‘rta  asr  mutafakkirlari  ham hokimiyat 

haqida  ko‘p  va  ibratli  fikrlarni  qoldirganlar.  Ularning  aksariyatini  biz, 

bugungi  kun  nuqtai  nazaridan,  me’yoriy  yondashuvlar  qatoriga  kiritamiz, 

chunki  mualliflar,  «hokimiyat»  tushunchasiga  ilmiy  kategoriya  tarzida 

qaramaganlar va uni ta’riflashga harakat qilmaganlar. 

 

Hokimiyat 



tushunchasiga 

doir 


datslabki 

qarashlar 

qadimgi 

Yunonistonda shakllandi. Qadimgi yunon tilidagi “arxe” (arche) tushunchasi 

quyidagicha  talqin  etiladi:  1)  boshlanish,  oldin,  dastavval;  2)  boshchilik, 

hukumat,  hokimiyat,  hukmronlik;  3)  boshqariladigan.  U  yana  quyidagi 

ma’nolarni  ham  anglatgan  –  kelib  chiqish,  avvali  sabab,  bosh,  boshlanish, 

prinsip, asos. Lekin “arxe” tushunchasi ikkita asosiy ahamiyatni anglatgan – 

boshlanish  va  hokimiyat.  Bunda  hokimiyat  ikkinchi  o’ringa  qo’yilgan. 

Bundan  faraz  qilish  mumkinki,  idora  etish,  boshqarish  imkoniyati  va 

qobiliyati  boshlash,  boshda  turish,  birinchi  bo’lish,  bosh  bo’lish, 

tashabbuskor  bo’lish,  boshlab  berish  ya’ni  boshlang’ich  xatti-harakatni 

amalga  oshirish,  kuch  manbai  bo’lish  kabilarga  nisbatan  natijani  anglatgan. 

Idora  etish  –  avvalambor,  boshlash,  tashabbus  ko’rsatish,  faollashtirish, 

qo’zg’ash,  yashash  uchun  chorlash,  hayotni  berish  sifatida  idrok  etilgan. 

“Arxe” so’zi o’zagidan quyidagi yunon so’zlari tashkil topgan – manba asos 

soluvchi,  boshlashga  xizmat  qiluvchi,  avval  boshi  dastlabki  qadimgi,  bosh, 

ilk  obraz,  asllik  haqiqiylik.  Albatta  bunda  so’z  odamlar  o’rtasidagi 

munosabatlar to’g’risida emas, balki turmushdagi o’ziga xos ahvoli va o’ziga 

xos  mavjudligi  aniq  ravshan  ifodalangan  ishtirok,  yuqori  maqom,  betakror 

rollar, alohida ahamiyat kasb etish, ahamiyatli bo’lish haqida ketmoqda. 

 

Ana shu tushuncha lotin tilida taxminan “Potestas” qabilida ifoda etilib 



u  quyidagi  ma’nolarni  anglatadi:  1)  kuch-qudrat,  xatti-harakat,  nimanidir 

qilish  kuchi,  qandaydir  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  yetarlicha  kuch-




 

28

 

qudratga ega bo’lish; 2) hokimiyat, hukmronlik, kimnidir hayoti va o’limini 



idora etish xuquqi; 3) qobiliyat, imkoniyat. 

 

Ingliz tilida “Power” tushunchasi esa quyidagilarni anglatadi: 1) kuch, 



qudrat,  energiya,  unumdorlik;  2)  qudratlilik,  hokimiyat,  ta’sir,  quvvat;  3) 

vakolat; 4) davlat, oliy hokimiyat; 5) qobiliyat, imkoniyat. “Powerful” esa: 1) 

kuchli,  qudratli,  quvvatli;  2)  qudratli,  ta’sirchan;  3)  kuchli  ta’sir  etuvchi;  4) 

vazmin, salmoqli, ahamiyatli. 

 

Hokimiyat  tushunchasi  dastlab  Aristotel  tomonidan  chuqur  tadqiq 



etildi.  U  hokimiyatni  nafaqat  insonlar  o’zaro  munosabati  sifatida,  balki 

siyosiy  hokimiyat  sifatida  ham  teran  ta’riflab  berildi.  Aristotelning 

ta’kidlashicha,  siyosat  –  bu  sotsial  “butunlik”  va  uning  alohida  “qismlari” 

o’zaro  munosabatlarini  uyg’unlashtirish  ta’sir  kuchi  bilan  “siyosiylashgan”, 

qaysiki, albatta muvofiqlashtiruvchi omil yoki hokimiyat mexanizmi ishtirok 

etadigan  odamlar  o’zaro  munosabatlarini  yo’lga  solishdir.  U  o’zining 

“Siyosat”  asarida  bu  ijtimoiy  munosabatlar  mexanizmi  haqida  quyidagi 

fikrlarni bildiradi: “Ilgari tarqoq bo’lgan yoki biri boshqa biri bilan uzluksiz 

bog’langan, bir necha qismlardan tuzilgan hamma narsa bir butunlikni tashkil 

etadi va unda hokimiyat yuritish sababi, buysunish sababi namoyon bo’ladi. 

Bu tabiatning umumiy qonunidir, shuning uchun ham unga ko’tarinki, ruhiy 

mohiyat bo’ysundirilgandir.  

 

Lekin  shu  bilan  birga  Aristotel  “hukmronlik  qiluvchi  hokimiyat”ning 



oddiy  munosabatlaridan  farqli  o’laroq  jamiyatdagi  ijtimoiy  hokimiyatni 

boshqalarga  nisbatan  mukammalligi  va  murakkab  tuzilmalarga  ega 

ekanligiga  muhim  ahamiyat  beradi.  Bunday  hokimiyat  esa  o’zaro  irodaviy 

munosabatlari  kechadigan  jamiyatga  xosdir.  Hokimiyat  zaruriyatdir  deb 

ta’kidlaydi  Aristotel  chunki  avvalambor  barchani  yagona  irodaga 

bo’ysundirmay,  uning  bir  butunligi  va  hamjihatliligini  ta’minlamay  turib 

jamiyatni uyushtirish va birlashritish aqlga sig’maydigan bir holdir. 

 

Hokimiyat  tabiati  va mohiyatini  ochib berishda ingliz  mutafakkiri Jon 



Lokkning  xizmatlari  benihoya  kattadir.  U  birinchilardan  bo’lib  hokimiyatni 

insonparvarlashtirish  va  ma’naviyatga  bo’ysundirish  g’oyasini  ilgari  suradi. 

Uning  hokimiyatni  farovonlikka  erishish  vositasi  ekanligiga  doir  quyidagi 

ta’rifi bu tushunchani chuqur anglashga imkon beradi: “…Siyosiy hokimiyat 

–  bu shunday  hokimiyatki,  qaysiki har bir  odam  bunday  hokimiyatga  tabiiy 

holatda  ega  bo’lib,  uni  jamiyat  qo’liga,  hukmdorlarga  shunchalik  holda 




 

29

 

beradiki, ya’ni jamiyat o’z zimmasiga aniq ifodalangan yoki so’zsiz ishonchli 



tarzda  shuni  ta’minlashni  o’z  zimmasiga  oladiki,  u  bu  hokimiyatdan  faqat 

jamiyat  a’zolari  farovonligi  va  ularning  mulklarini  saqlash  uchun  foydalana 

olsin. …Shu tariqa, bu hokimiyatning maqsadi va mezoni – hokimiyat tabiiy 

holatda har bir odamning qo’lida bo’lgan bo’lsa, unga tegishli hamma narsa 

endi  uning  jamiyatida,  ya’ni  butun  bir  insoniyatda  saqlanishi  bilan 

xotimalanadi.  Bu  hokimiyatning  imkoniyati  mansabdor  shaxs  qo’lida 

bo’lganida  hokimiyat  jamiyat  a’zolarini  saqlash,  demak,  ularning  hayoti 

erkinliklari  va  mukllarini  saqlashdan  boshqa  hech  qanday  maqsad  va 

mezonga  ega  bo’lmaydi.  Va,  binobarin,  bu  hokimiyat  ularning  hayoti  va 

boyliklariga  daxl  qiladigan  despotik  va  mutlaq  bo’lishi  mumkin  emas,  ular 

imkon  qadar  saqlanishi  lozim;  aksincha,  bu  hokimiyat  bir  butunlikni 

saqlashni,  undan  faqat  va  faqat  buzilgan,  bir  butunlik  va  sog’lomlikka  xavf 

soladigan,  uningsiz  hech  qanday  shafqatsizlik  qonuniy  bo’lmagan  qismlarni 

uzib  olib  tashlashni  qo’llab-quvvatlaydigan,  qonunlar  yaratadigan,  uni 

buzishlarga  qarshi  jazolashlarni  ko’zda  tutadigan  hokimiyat  bo’lishi  lozim.  

Va  bu  hokimiyat  faqat  shartnoma  va  bitimlardan,  hamjamiyatni  tashkil 

etuvchilarning o’zaro kelishuvlaridan kelib chiqadi”. 

 

Ko’rinib  turibdiki,  demak,  birinchidan,  hokimiyat  yuritish  –  boshlash 



va boshchilik qilish. Ya’ni, oldindan hozir bo’lish va so’zsiz ustunlik qilish, 

ustuvor qilish, ustun bo’lish, afzal bo’lish. Ikkinchidan, hokimiyat yuritish – 

demak, hukmronlik qilish, ya’ni ega bo’lish, tasarruf etish, ushlab turish, o’z 

mulkiga  ega  bo’lish.  Uchinchidan,  hokimiyat  yuritish  –  demak,  hukmronlik 

qilish, idora etish, boshqarish, ega bo’lish, foydalanish, rahbarlik qilish, amru 

farmon  berish,  buyruq  berish,  o’z  ixtiyoriga  ega  bo’lish.  Bundan  shunday 

xulosa chiqadiki, hokimiyat fenomeni faqat odamlarga taalluqlidir. 

 

Hokimiyat  hayotda  ko’pqirrali  hodisa  sifatida  namoyon  bo’ladi. 



Hokimiyat  fenomeni  va  notenglik,  ularning  odamlar,  ijtimoiy  guruhlar  va 

davlat  institutlari  o’rtasida  taqsimlanishi  uzoq  davrlardan  boshlab  turli 

sharhlar,  asoslashlar  va  ularga  nisbatan  shubhalar  tug’ilishiga  sabab  bo’ldi. 

Bertran  Rassel  hokimiyatni  barcha  ijtimoiy  fanlarni  tushuntirib  beradigan 

tushuncha  sifatida  talqin  etib,  uni  fizikadagi  energiya  tushunchasiga 

o’xshatadi. Hokimiyat fenomeni turli insonlar maqsadlarining o’zaro kelisha 

olmasligi yoki ularning muvaffaqiyatga erishish vositasi bo’lgani uchun ham 

paydo  bo’ladigan  ijtimoiy  ixtiloflar  vaziyatiga  uchraganligi  sababli  juda 




 

30

 

murakkab hodisa sifatida namoyon  bo’ladi. Ba’zan  hokimiyat  tushunchasini 



noxush  hujumlarga  uchrashi  sabablaridan  biri  –  bu  uning  majburlash  zulm 

qilish,  kuch  ishlatish  yoki  adolatsiz  hukmronlik  qilish  sifatida  kishilar 

xotirasida  avloddan-avlodga  o’tib  kelayotganligidir.  Lekin  aksariyat 

holatlarda  hokimiyat  hodisasi  ijobiy  talqin  etiladi,  uni  qonuniy  rahbarlik 

qilish  avtoritet,  e’tirof  etilgan  yetakchilik,  ta’sir  qilish,  tarbiyalash, 

manfaatlarni  kelishtirish,  guruhiy  hamkorlik  kabi  holatlardagi  eng  zaririy 

hodisa ekanligi tan olinadi.  


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin