Siyosiy hokimiyat


  Birinchisi, hokimiyatning guruh konsepsiyasi



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

34

 

Birinchisi, hokimiyatning guruh konsepsiyasi (Dj. Skott atamasi) yoki 



"realizm  an’anasi"  (R.Dal  atamasi),  deb  atalishi  mumkin.  U  ibtidosini 

T.Gobbs,  M.Veberdan  olib,  X.Lassuel  va  E.Keplen,  R.Dal,  D.Kartrayt, 

S.Loks, E.Giddens v.h.lar tadqiqotlarida namoyon bo‘lgan. Ular hokimiyatni 

individlar  o‘rtasidagi  mavjud  yoki  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  ixtilofni  o‘z 

ichiga  oluvchi  tengsizlik  munosabati  deb  baholashadi.  Hokimiyat  shunday 

ta’sir  doirasida  vujudga  keladiki,  unda  subektlardan  biri  ikkinchisiga  uning 

qarshiligiga  qaramay  ta’sir  eta  olish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi.  Hokimiyat 

kimdandir  ustunlik,  "nol  miqdori"  munosabati  sifatida  ta’riflanadi.  ("Nol 

miqdori"  qaysidir  individ  va  guruhlar  hokimiyatining  ortishi  boshqa 

individlar va guruqlar hokimiyatining kamayishini anglatadi). 

Ikkinchi  an’ana  hokimiyatning  noguruhiy  konsepsiyasi  —"nol 

miqdori" g‘oyasini inkor etadi va hokimiyat barchaning foydasiga xizmat qila 

olishidan  kelib  chiqadi.  Bunda  hokimiyat  butun  jamoaga  tegishli  manba, 

butun  jamoaning  biron  foydaga  erishishi  qobiliyati  sifatida  qaraladi. 

Hokimiyatning  legitim  xarakteri  uning  alohida  individlar,  guruhga  emas, 

butun  jamiyatga  tegishli  ekanligida,  deb  ta’kidlanadi.  Bu  qarashlarning 

ibtidosini  biz  Aflotun,  Arastuda  uchratsak,  zamonaviy  mualliflardan 

T.Parsons,  X.Arendt  va  qaysidir  darajada  M.Fukolarni  shu  nazariya 

tarafdorlari, deb ayta olamiz. 

Bunday tahlil asosida Parsons hokimiyatni an’anaviy ta’riflardan ancha 

farqli  usulda  ta’riflaydi.  Hokimiyat  aktorlar  yoki  munosabatlar  xususiyati 

emas, tizimlarning xususiyati (resursi) sifatida ta’riflanadi. Hokimiyat "tizim 

elementlari  o‘z  burchlarini  bajarishlarini  ta’minlashga  bo‘lgan  umumiy 

qobiliyat  bo‘lib,  kollektiv  maqsadlarga  erishishga  intilgani  uchun 

legitimlashadi  va  itoat  etilmagan  hollarda  sanksiyalar  qo‘llashni  nazarda 

tutadi,  boshqarish vositalarini xarakterlaydi. Ular bir funksiyani bildirganlari 

uchun  sinonim  sifatida  qo‘llanishlari  mumkin,  lekin  mohiyati  jihatidan  turli 

holatlarni ifodalaydilar. Ularni aralashtirish nafaqat "lingvistik karlikni" balki 

"siyosiy ko‘rlikni" ham, ya’ni siyosiy jarayonlarni aks ettirishdagi "ko‘rlikni" 

anglatadi.  Negaki,  bunda  asosiy  siyosiy  masala  —  "kim  kimni 

boshqarayapti?"  degan  savol  bo‘lib  qoladi.  Uning  fikricha  bu,  bosh  masala 

emas. 


Parsonsdan  farqlicha,  Arendt  hokimiyat  va  zo‘rlikni  aniq  farqlaydi: 

zo‘rlik-mohiyatiga  ko‘ra  doimo  erishayotgan  maqsadlari  orqali  oqlashga 




 

35

 

muhtoj.  Hokimiyat  esa  kelishuvga  asoslangani  uchun,  oqlanishga  emas, 



legitimlikka muhtoj. U nimagadir erishish vositasi emas. U umumiy iroda va 

ijtimoiy  birlikni  amal  qilishini  ta’minlaydi,  zo‘rlik  va  hokimiyat  ko‘pincha 

qo‘lma-qo‘l,  yonma-yon  kelishsa-da,  ular  bir-biriga  qarama-qarshidir. 

Hokimiyat  zo‘rlikka  asoslanmaydi,  aksincha  zo‘rlik  hokimiyatni  emirishi 

mumkin,  ammo  yarata  olmaydi.  Bunday  fikr  mantig‘idan  quyidagi  xulosa 

kelib chiqqan: istibdodga asoslangan tuzum zo‘rlikka eng ko‘p suyangan va 

hokimiyatga eng kam darajada ega boshqaruv shakli. 

Hokimiyatning  mazmuni,  mohiyati,  chegaralariga  doir  bahs  davomida 

hokimiyat  "qiyofalari"  haqida  ham  munozara  yuritildi.  Xususan,  amerikalik 

politolog  Robert  Dal  hokimiyatning bir  o‘lchovli  modelini  yaratadi  va  unga 

"maqsadlar  borasidagi  ochiq  ixtilof"  sifatida  qaraydi.  Bu  —  hokimiyatning 

birinchi  qiyofasi.  Ya’ni  siyosiy  hokimiyat  bir  guruh  indvidlarning  ikkinchi 

(boshi) guruhga o‘z maqsad — manfaatlariga mos qarorlar qabul qilish orqali 

irodalarini o‘tkaza olishdir. 

Boshqa  amerikalik  tadqiqotchilar  P.Baxrax  va  M.Barat’slar  hokimiyatning 

ikkinchi  qiyofasi  ham  mavjudligini,  u  qarorlarni  qabul  qilmaslik  vaziyatida 

namoyon  bo‘lishini  ta’kidladilar.  Ya’ni    o‘zi  uchun  xavfsiz  muammolarni 

ommaviy  muhokamaga  kiritib,  bunga  xizmat  qiluvchi  qadriyatlar  va 

institutlarni  yaratadi  va  mustahkamlaydi.  U  buning  uddasidan  qay  darajada 

chiqa  olsa, shu darajada  echimi  manfaatlariga  ziyon  etkaza  oladigan  siyosiy 

hokimiyat sub’yektlariga davlat va uning institutlari, siyosiy elitalar, siyosiiy 

yetakchilar, siyosiy partiyalar kiradi. Hokimiyat egalari sifatida subektlar bir 

qator  belgilarga  ega  bo‘lishi  kerak:  hokimlik  qilish  istagi  va  o‘z  zimmasiga 

mas’uliyatni  ola  bilish,  bilim,  imkoniyatlarni  ishga  sola  bilish,  avtoritetiga 

ega bo‘lish singari. 

Demak,  hokimiyat  tushunchasi  keng  va  xilma-xildir.  Hokimiyatga 

quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

 

 Hokimiyat  -  bu  kishilar,  ijtimoiy  guruhlar  hamda  sinflarning 



faoliyatiga, xulq-atvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, ijtimoiy 

mexanizmlar,  shuningdek,  kuch  ishlatish,  zo‘rlik  qilish,  ishontirish 

qobiliyatlari bilan ta’sir etuvchi faoliyatning alohida shaklidir. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin