Hokimiyat tushunchasiga oid yondashuvlar
Hokimiyat tushunchasi siyosiy fan kategoriyalari tizimida markaziy
o‘rinni egallaydi. Energiya tushunchasi fizikada, pul tushunchasi iqtisodiy
nazariyada qanday o‘rinni egallasa, bu tushuncha ham siyosiy fanda xuddi
shunday o‘rinni egallaydi. Biz quyida hokimiyat tushunchasiga oid eng
muhim yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.
1. Hokimiyatning eng ko‘p tarqalgan ta’riflaridan biri - pozitiv-
sotsiologik talqindir (nemis faylasufi va sotsiologi M. Veber). Bu talqinda
hokimiyat biror individning muayyan ijtimoiy sharoitda boshqa individga
o‘zining irodasini o‘tkazish qobiliyati sifatida tushuniladi. Hokimiyat
munosabatlarining asosini o‘zaro ta’sir doirasiga kiritish munosabatlari
tashkil etadi. Bunday munosabatlar hokimiyat sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida
qaror topadi.
2. Hokimiyatning teologik (diniy nuqtai-nazaridan) talqini (B.
Rassel). Bu talqinda hokimiyat muayyan mavsadga erishish, ko‘zda tutilgan
natijalarga ega bo‘lishning diniy yoki ilohiy nuqtai-eazaridan tafsiflanadi.
Qisqa qilib aytganda, hokimiyat- bu ko‘zlangan maqsadlarini ro‘yobga
chiqarishdan iboratdir.Teologik ta’rifda hokimiyat keng ma’noda talqin
etiladi. Bunda hokimiyat nafaqat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning, balki
insonning atrof-muhit bilan, xudo bilan o‘zaro munosabatlarini ham o‘z
ichiga oladi.
3. Bixevioristik talqin. Bu talqinda hokimiyat sub’ekt xulq-atvorining
maxsus turi sifatida olib qaraladi. Bunda birovlar buyuradilar, boshqalar
bo‘ysunadilar.Bixevioristik
yondashuv
hokimiyatni
tushinishni
individuallashtiradi, uni real shaxslarning o‘zaro harakatlaridan iborat deb
qaraydi.Hokimiyatning keng tarqalgan bixevioristik talqinini G. Lassuel
taklif etgan. U hokimiyatning paydo bo‘lishi uchun dastlabki impulslarni
31
individga insonga xos bo‘lgan hokimiyatga intilishlik (iroda) va “siyosiy
energiyaga” egalik qilishlik beradi, deb hisoblaydi. Inson hokimiyatda
hayotni yaxshilash: boylik, obro‘ orttirish, erkinlikka, xavfsizlikka va
hokazolarga erishish vositalarini ko‘radi.
4. Hokimiyatning psixologik talqini ( Z. Freyd, K.Gustav YUng, K.
Xorni). Bu talqin hokimiyatni real individlarning xulq-atvori sifatidagi
bixevoristik tushunishidan kelib chiqib, ushbu xulq-atvorning sub’ektiv
tomonini, kishilar ongi va ruhiyatida ildiz otgan hokimiyatning manbaini
ochib tashlashga harakat qiladi. Bu xildagi eng ko‘zga ko‘ringan
yo‘nalishlardan biri- psixoanalizdir. U hokimiyatga intilishni va, ayniqsa, uni
egallashni jismoniy yoki ma’naviy zaiflikni sub’ektiv kompensatsiya qilish
vazifasini bajaradigan psixik energiya sifatida talqin etadi. Hokimiyat
irodalarning o‘zaro harakati- birovlarni bo‘ysunishga, boshqa birovlarning
“Ixtiyoriy qo‘shilishga” tayyorgarligi sifatida vujudga keladi
5. Hokimiyatning tizimli talqini. Bu talqin hokimiyatning bixevoristik
va psixologik ta’riflaridan farq qiladi. Agar bu ikki yo‘nalish real
kuzatishlarga
tayanib
hokimiyatni
tushunishda
quyidan
yuqoriga,
individlardan jamiyatga qarab borishni talab qilsa, tizimli usul esa
hokimiyatni individual munosabatlardan emas, balki sotsial tizimdan hosil
bo‘lganligidan kelib chiqadi. U hokimiyatni tizimli qabul qilgan jamoa
maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan majburiyatlarni uning
elementlari tomonidan bajarilishini ta’minlash qobiliyati sifatida olib qaraydi.
6. Hokimiyatning tuzilmaviy-funksional talqini (Amerika sotsiologi
T. Parsons). Bu talqin hokimiyatni keng bo‘lmagan sub’ektlarning
munosabati, sotsial tashkilotning xususiyati sifatida, insonlar birligining
o‘zini o‘zi tashkil etish, uyushtirish, safarbar qilish uslublari sifatida olib
qaraydi. Insonning jamoa bo‘lib yashashini, ko‘p kishilarning birgalikdagi
hayotini hokimiyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamiyat turli elementlardan
iborat bo‘lgan yaxlitlikdir. Uning o‘zi quyidan yuqoriga qarab tuziladi,
boshqaradigan va ijro etuvchi sotsial rollarni tabaqalashtiradi. Hokimiyat- bu
resurslarni, ta’sir ko‘rsatish vositalarini safarbar qilishga imkon beruvchi
sotsial maqomlar, rollarning xususiyatidan iboratdir.
7. Relyasion (fr.- munosabat) ta’rif. Bu ta’rif hokimiyatni ikki sherik
o‘rtasidagi munosabat sifatida olib qaraydi. Bunda ulardan biri ikkinchisiga
belgilovchi ta’sir o‘tkazadi. Bu holda hokimiyat uning sub’ekti va
32
ob’ektining o‘zaro harakati sifatida namoyon bo‘ladi, sub’ekt muayyan
vositalar yordamida ob’ektni nazorat qiladi.
Sharqona talqin (Kuntszi) bo‘yicha, hokimiyat davlatda mujassam,
davlat hokimityati ota hokimiyatiga, hukmdor va fuqarolar o‘rtasidagi
munosabatlarga tengdir.
Hukmdorning otalarcha g‘amxo‘rligi, fuqarolarning farzandlik mehr-
muhabbati-hokimiyatining asosiy tamoyilidir. Bu tamoyilning buzilishi
hokimiyatning emirilishi, jamiyatda tartibsizlik, beqarorlikning hukmronligi
demakdir. Mazkur talqinga binoan, hukmdor-mamlakat, el-yurt xalqning
otasidir. Uning muqaddas burchi—mamlakatga otalik qilish, ya’ni xalqni
to‘g‘ri yo’lga boshlash va yomon yo’ldan qaytarish, Vatanning farovonligini,
tinch- totuvligini, osoyishtaligini ta’minlashdir. Xalq esa, hukmdorning
farzandi va tayanchidir. U farzandlik burchini bajarishi, ya’ni hukmdorning
ishonchini oqlashi, mas’uliyatli bo‘lishi, buyruqlarga, ko‘rsatmalariga so‘zsiz
itoat etishi va uni bajarishi zarur.
Islomiy talqinga ko‘ra, butun borliqdagi eng oliy hokimiyat Alloh
taologa tegishlidir. Undan boshqa 18 ming olamda oliy hokimiyatga ega
bo‘lgan zot yo’q.
Allohning irodasiga osmonlar-u erdagi barcha narsalar, hukmdorlar ham,
fuqarolar ham so‘zsiz buysunadi. Har bir inson, jamiyatda tutgan o‘rnidan
qat’iy nazar, barcha yaxshiy-u yomon ishlari uchun yaratuvchi oldida
javobgardir.
Allohning yo’rig‘iga amal qilgan kishilar bu dunyo-yu u dunyoda
saodatmand bo‘ladi, uning irodasiga bo‘ysunmay, haddan oshib, havoi nafsga
berilib yurganlar esa, bu dunyoda g‘azabga uchrab, xor—zor bo‘ladi, u
dunyoda azob- uqubatga duchor bo‘ladi. Mazkur talqinga ko‘ra, hukmdor—
Allohning yerdagi soyasidir. Uning vazifasi Alloh xohish —irodasining aniq
ado etilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdan, uning yo’l- yo’rig‘ni joriy
etishdan iboratdir.
Har bir mo‘min musulmon—Allohning bandasidir. Uning vazifasi—
Alloh, uning Rasuliga va o‘z rahbarlariga itoat qilishdir. Dunyoviy hokimiyat
—Alloh taolo ko‘rsatgan hidoyat yo’lidan boruvchi, u man etgan hodisalar—
zalolat, razolat, nohaqlik, tartibsizlik, yovuzlik, tubanlik, munofiqlik bilan
kurashuvchi va tinchlik, osoyishtalikni, farovonlikni ta’minlovchi vositadir.
33
Ammo, jamiyatlar rivojlanishi bilan hokimiyat tabiati, mazmuni, talqinlari
ham o‘zgarib bordi. Hokimiyat ilohiy emas, ijtimoiy hodisa sifatida qarala
boshlandi.
Yevropada shakllangan zamonaviy siyosiy tizimlarning rivoji,
hokimiyat mazmuni va shakllarida katta o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi.
G‘arb ijtimoiy tizimlarida hokimiyat, xususan, siyosiy hokimiyat eng oliy
ijtimoiy qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Natijada, bu davrda, yashab ijod
etgan jamiyatshunos olimlarning ko‘pchiligi-hokimiyatni ta’riflashga
uringanlar.
N.Makiavelli hokimiyat deganda, davlat hokimiyatini tushunadi.
Uningcha, hukumatning o‘z fuqarolarini boshqara olish qobiliyati-hokimiyat
bo‘lib, davlat, siyosatning maqsadi-barcha vositalar bilan hokimiyatni
kuchaytirishdir. "Hokimiyatning quroli hukmronlikdir, hokimiyatning asosi"
yaxshi «qonunlar» va "yaxshi qo‘shindir". Hokimiyat odamlar ehtiroslarini
tinglovchi va ularda fuqarolik sifatlarini tarbiyalovchi kuchdir.
T. Gobbs hokimiyatni birinchi marta tushuncha sifatida ta’riflashga
uringan. "Inson hokimiyati, - deb yozadi u,- kelajakda qandaydir imtiyoz,
foydaga erishish uchun undagi hozir mavjud vositalardir.
Keyingi bosqich—M.Veber. Uning tahlilida hokimiyat tushunchasi
zamonaviy aniqlikka ega bo‘ldi. Veberda hokimiyat "Aktor ijtimoiy
munosabatda, qarshilikka qaramay, o‘z irodasini amalga oshirish ehtimoli, bu
ehtimol nimaga asoslanishidan qat’iy nazar". Veber ta’rifida hokimiyatning
uch eng muhim sifati ko‘rsatiladi: 1) hokimiyat individlarga xos xususiyat
emas, ular o‘rtasidagi munosabatlar doirasida mavjud; 2) hokimiyat
imkoniyat, ehtimollik terminlarida ta’riflanishi kerak; 3) hokimiyatning
asosini hamma narsa, xususiyat yoki munosabat tashkil etishi mumkin.
Gobbs kabi M.Veber ham hokimiyatni individlar o‘rtasidagi (ammo guruhlar
yoki jamoalar o‘rtasidagi emas) atayin assimetrik (tengsizlik asosidagi)
munosabat, deb tushunadi. Avtoritetdan farq qilib, hokimiyat ijtimoiy
mavqelar yoki rollar bilan emas, individlarning shaxsiy sifatlari bilan bog‘liq.
Ammo, Veber hokimiyat tushunchasini mavhum hisoblab, ko‘proq
hukmronlik terminini ishlatishni ma’qul ko‘rgan.
Hokimiyatning zamonaviy nazariy tahlilida ikki asosiy an’ana yaqqol
ko‘zga tashlanadi:
|