Referat mavzulari
1. Siyosiy hokimiyatning legitimligi va uning turlari.
2. Siyosiy hokimiyatning siyosiy boshqaruvdagi ahamiyati.
3. Siyosiy hokimiyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati.
4. Siyosiy hokimiyat faoliyati samaradorligida siyosat sub’ektlarining
o‘rni.
5. Yevropa mamlakatlari siyosiy hokimiyati shakllanishining o‘ziga xos
xususiyatlari(Fransiya, Germaniya, B.Britaniya misolida)
Siyosiy hokimiyat
Hokimiyatning eng asosiy va o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri - siyosiy
hokimiyatdir. U jamiyat hayotida alohida o‘rinni egallaydi. Bu shu bilan
belgilanadiki, siyosiy hokimiyat jamiyat va davlat hayotini bir butunligicha
va yaxlitligicha qamrab oladi, uni yo‘naltiradi va tartibga soladi,
hokimiyatning boshqa barcha ko‘rinishlarini birlashtiradi, ularni xalq
manfaatlariga bo‘ysundiradi. Siyosiy hokimiyatsiz hayotni tasavvur etib
bo‘lmaydi. Usiz jamiyatda tartibsizlik, boshboshdoqlik va o‘zboshimchalik
boshlanadi. Shuning uchun ham siyosiy hokimiyatning asosiy maqsadi-
ijtimoiy va davlat hayotini tartibga solish va boshqarishdir.
Siyosiy hokimiyat – siyosat subyektlarining siyosatda ifodalanga
irodasini turli yo‘llar, usullar va vositalar yordamida amalga oshirish
faoliyatining o‘ziga xos shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |