sotsial
hokimiyatdir. U iqtisodiy hokimiyat bilan chambarchas bog‘langan. Agar
iqtisodiy hokimiyat moddiy boyliklarni taqsimlash qobiliyatini anglatsa,
sotsial hokimiyat esa sotsial zinapoyadagi o‘rinlarni - maqomlar, lavozimlar,
imtiyozlarni taqsimlash qobiliyatini anglatadi.
Hozirgi zamon davlatlari katta sotsial hokimiyatga egadirlar. Ular
sotsial siyosat yordamida aholi keng qatlamlarining ijtimoiy ahvolini
yaxshilashga sezilarli ta’sir ko‘rsatishlari mumkin.
Madaniy-axborot hokimiyati - bu ilmiy bilimlar, axborotlar va ularni
tarqatuvchi vositalar orqali kishilar ma’naviy dunyosi ustidan nazoratdir.
Bundan tashqari, bu obro‘ asosida bo‘ysunishlik bilan bog‘liq bo‘lgan
hokimiyatni axloqiy, diniy va boshqa ko‘rinishlaridir. Hozirgi kunda ilg‘or
mamlakatlarda ma’naviy ta’sir etishning barcha ko‘rinishlari orasida ilmiy-
axborot hokimiyati birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bilim hukumat qarorlarini
tayyorlashda,
kishilarning
ongiga
bevosita
ta’sir
etishda
keng
foydalanilmoqda. Bunday ta’sir ko‘rsatish ijtimoiylashuv muassasalari
(ta’lim, OAV) orqali amalga oshirilmoqda. Axborot hokimiyati turli-tuman
maqsadlarga xizmat qilishga qodir. U hukumat faoliyati haqida nafaqat
ob’ektiv xabarlarni tarqatishga, noholisona, noaniq xabarlarni tashviqot-
targ‘ibot qilib, kishilar ongi va xulq-atvorini to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishga
ham xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |