majburiy kuch ishlatishni qo‘llash yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilish
yordamida kishilar ustidan nazorat qilishdir. U iqtisodiy, madaniy-axborot
43
resurslardan foydalaniladi. Bu bilan uni majburlovchi hokimiyat bilan aynan
bir narsa deb bo‘lmaydi.
Siyosiy hokimiyat majburlovchi hokimiyat singari faqat kuch
ishlatuvchi, majburlovchi (jismoniy, moddiy, ruhiy) resurslarga tayanish
bilan cheklanib qolmaydi. U ijtimoiy muammolarni hal etishda iqtisodiy,
sotsial va ma’naviy-axborot resurslariga ham tayanadi. Shuning uchun ham
majburlovchi hokimiyatni siyosiy hokimiyatdan farqlamoq kerak.
Hokimiyat ko‘rinishlari yuqorida qayd etilganlar bilan cheklanmaydi.
U sub’ektiga ko‘ra- davlat, partiya, armiya, kasaba uyushmalari, oila va
boshqalar hokimiyatiga; qanday funksiyalarni bajarishiga ko‘ra- qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga; hokimiyat sub’ekti va ob’ekti
o‘zaro harakatining ustunligiga ko‘ra demokratik, avtoritar va totalitar
hokimiyatlarga bo‘linadi. Shunigdek, hokimiyat tarqalish kengligi bo‘yicha
xalqaro tashkilotlar; makro darajada davlatning markaziy organlari; mezo
darajada viloyat, tuman tashkilotlari; mikro darajada boshlang‘ich tashkilotlar
hokimiyatlariga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: