Siyosiy hokimiyat


Davlat  hokimiyati  ommaviy-siyosiy  xususiyatga  ega



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Davlat  hokimiyati  ommaviy-siyosiy  xususiyatga  ega  bo‘lib,  asosiy 

ijtimoiy  vazifasi  jamiyatni  uyushtirish  va  boshqarishdan  iborat.  U  muayyan 

tashkiliy  shakllarda  namoyon  bo‘ladi,  maxsus  usullar  va  vositalar  bilan 

amalga oshiriladi. 

Hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq vositasida, 

konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institusional ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. 

 

Davlatning  jamiyatni  boshqarish  faoliyati  uning  hokimiyatni  amalga 



oshirishi  orqali  ifoda  topadi.  Shuning  uchun  ham  davlat  bilan  davlat 

hokimiyat  tushunchalari  o‘rtasida  nazariya  bilan  amaliyot  o‘rtasidagiga 

o‘xshagan  farq  bor  deb  aytish  mumkin.  Davlat  hokimiyatining  amaliy 

faoliyati  dastur-rejalarda  oldindan  belgilangan,  navbatma-navbat  ishga 

solinadigan siyosiy mehanizmlar tizimini anglatadi. Mazkur ma’noda “davlat 

hokimiyati  mehanizmi”,  “davlat  apparati”,  “davlat  mashinasi”  va  shu  kabi 

atamalar,  tushunchalar  qo‘llaniladi.  Demak,  davlat  hokimiyati  –  bu 

davlatning  amal  qilish  jarayonini  yo‘naltirib,  uyg‘unlashtirib  turish 

faoliyatida namoyon bo‘ladi va ifoda topadi. 

Hozirgi dunyoda respublika boshqaruvi amal qilayotgan jamiyatlarning 

deyarli  barchasida  davlat  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud 

hokimiyatlariga  bo‘lingan.  O‘z  vaqtida,  Arastu  hokimiyatning  uch  turi 

mavjudligini  aytib  o‘tgan.  Ammo,  cheksiz  hokimiyatni  nazorat  qilish  va 

bo‘lish  mexanizmi  sifatida  bu  g‘oya  ilk  bor  Jon  Lokk  (1632  —  1704) 

tomonidan  1688-yil  ingliz  "Shonli  inqilobi"  davrida  monarx  hokimiyatini 

parlament  foydasiga  cheklash  masalasini  hal  qilish  jarayonida  mukammal 

ishlab chiqildi. Lokk xalq suvereniteti asosidagi konstitutsion hukumat amal 



 

49

 

qilishini, qonunlar parlament tomonidan  ishlab chiqilib, hukumat ularni ijro 



etishi lozimligini talab etgan. 

Ammo  hokimiyatlar  bo‘linishi  g‘oyasining  muallifi,  deb  Sharl  Lui 

Monteske  (1659  —  1753)  e’tirof  etiladi.  U-yagona  davlat  hokimiyatini  uch 

teng  vakolatli  va  mustaqil  qismga:  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  ajratishni  taklif  etdi.  Hokimiyatlarning  hech  biri  cheksiz 

bo‘lishi  yoki  boshqalardan  ustun  bo‘lishi  mumkin  emas.  Sud  hokimiyati 

parlament  va  hukumatning  konstitutsiya  va  qonunlarga  amal  qilishini 

kafolatlashi kerak bo‘lgan. 

Bu tamoyil huquqiy tarzda ilk bor AQSH Konstitutsiyasida 1778 yilda 

bayon  etildi.  Unda  Monteske  nazariyasi  tutib  turish  va  bosim  mexanizmlari 

bilan  to‘ldirilgan.Turli  mamlakatlarda  hokimiyatlar  bo‘linishi  tamoyilining 

mazmuni va amalga oshirilishi turlichadir. Ammo ularning o‘zaro hamkorligi 

va  nazorati  mexanizmi  hokimiyat  faoliyati  samaradorligini  ta’minlaydi, 

qonun ustivor, huquqiy — konstitutsion davlat shakllanishiga xizmat qiladi. 

Davlat  jamiyat  siyosiy  tizimida  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Negaki,  u 

hokimiyatni  o‘ziga  eng  ko‘p  mujassamlashtirgan  siyosiy  tashkilot  bo‘lib, 

jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni echishning eng ko‘p imkoniyatlariga ham 

egadir. SHu tufayli jamiyat siyosiy tizimini tashkil etuvchi boshqa institut va 

tashkilotlar  ham  aynan  davlat  atrofida  birlashadilar.  «Davlat»  keng  ma’noli 

tushunchadir. Davlatning mohiyatini tushunishda 3 asosiy nazariy yondashuv 

mavjud: ijtimoiy, sinfiy va siyosiy-huquqiy. 

 

Davlat  mohiyatini  tushunishdagi  1-yondashuvga  ko‘ra,  davlat  - 



umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning 

o‘zaro  munosabatini  tartibga  soladi.  2-yondashuvning  mohiyati  shundaki, 

davlat  sinflarning  paydo  bo‘lishi  bilan  yuzaga  kelgan  va  sinfiy  kurash  bir 

sinfning  boshqasini  bostirish  quroli  bo‘lib  xizmat  qiladi.  3-yondashuvning 

asosi:  ko‘yidagicha:  davlat  jamiyatning  va  davlatning  o‘zining  hayotini 

tashkil etuvchi huquq manbaidir. Albatta uchala yondashuvda ham muayyan 

asos bor. 

Siyosiy  fan  uchun  davlat  qadimdan  tafakkurning  boshlang‘ich  nuqtasi  va 

markazi  bo‘lib  kelgan.  Uzoq  vaqt  mobaynida  jamiyat  va  davlat  tushunchalari 

mazmuniga ko‘ra va terminologik jihatdan o‘zaro farqlanmagan. Ularni bir-biridan 

ajratish yo‘lidagi ilk qadamlardan biri N. Makiavelli tomonidan qo‘yildi – u davlatni 

belgilash uchun  maxsus Stato terminini joriy  etdi.  Fuqarolik  jamiyati  va davlatni 




 

50

 

jiddiy nazariy farqlash birinchi bo‘lib Gegel tomonidan amalga oshirildi. Bunda u, 



albatta,  davlatni  birinchi  o‘ringa  qo‘ydi.  Davlat  va  jamiyatni  aynan  bir  narsa  deb 

qarash an’anasi hozirda ham mavjud – faqat nazariy jihatdan emas, balki kundalik 

ongda. 

Alohida ijtimoiy institut sifatidagi davlatning boshlang‘ich manbalari, uning 

vujudga  kelishi  va  rivojlanishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar  haqidagi  masala 

siyosatshunoslik uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Siyosiy  fan  klassiklari bu  borada 

qator muhim g‘oyalarni ta’riflab berganlar. 

Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjud: 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin