Parlament bir palatali (Daniya, Shvetsiya, Belorussiya) va ikki palatali
(AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, O‘zbekiston)
bo‘ladi. Quyi palatalar va bir palatali parlamentlar hamisha to‘g‘ridan-to‘g‘ri
saylovlar o‘tkazish yo‘li bilan, yuqori palatalar esa yoki vorisiylik (Buyuk
Britaniya), yoki hukumat boshlig‘ining tayinlanishi (Kanada, Iordaniya), yoki
saylash (AQSH, Italiya, Hindiston, Fransiya, Rossiya) tamoyili asosida
shakllantiriladi.
Quyi palata ichki va tashqi siyosatning kundalik masalalarini hal qilish
uchun mas’ul hisoblanadi, odatda yuqori palataga qaraganda qisqa muddatli
vakolatlarga ega bo‘ladi. Yuqori palata quyi palata faoliyatining o‘ziga xos eksperti
sifatida maydonga chiqadi – u qabul qilgan qonun loyihalarini Konstitutsiyaga
muvofiq kelish-kelmaslik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi.
Har ikkala palata a’zolari ham quyidagi parlament imtiyoziga ega bo‘ladilar:
immunitet (daxlsizlik);
indemnitet (deputat parlamentdagi chiqishi va ovoz berish yo‘li bilan
qo‘llab-quvvatlagan choralari uchun javobgar bo‘lmaydi).
Dostları ilə paylaş: |