Parlamentar respublikada parlamentning roli katta. U prezidentni — davlat
boshlig‘ini saylaydi. Hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob
beradi.
Prezidentlik respublikasida prezident parlament yo‘li bilan emas, balki
maxsus tartib, ya’ni xalq tomonidan saylanadi. U o‘z navbatida ma’sul bo‘lgan
vazirlarni tayinlaydi. Hukumat parlamentga hisob bermaydi. Hozirgi vaqtda
prezidentlik respublikasi ko‘rinishi keng tarqalgan. U dunyodagi ko‘pgina
mamlakatlarda mavjud. Parlament respublikasi prezidentlik respublikasiga nisbatan
kamroq tarqalgan. U Italiya, Hindiston, Germaniya, Avstriya, Finlandiya, Turkiya,
Islandiya va boshqa ayrim mamlakatlarda amal qiladi.
Respublika boshqaruvining aralash shakli ham mavjud. Bu shakl ikki xil
modelga ega. Birinchi tipga boshqaruvning shunday shakli kiradiki, unda parlament
modeliga ko‘ra prezident sezilarli darajada muhim rol o‘ynaydi (hozirgi Fransuz
Respublikasi). Bunday tizimlarda Prezident ochiq saylovlarda saylanadi, u
hukumatni shakllantirish va asosiy lavozimlarga tayinlashda muhim ta’sir
ko‘rsatadi. Hukumat prezidentga bo‘ysunibgina qolmay, parlament oldida ham
hisob beradi, ba’zi hollarda u parlament bilan almashtirilishi ham mumkin.
Konstitutsiyaviy boshqarish bilan bir qatorda partiya tizimlari tuzilmasi va
parlamentdagi ko‘pchilikning haqiqiy munosabati muhim rol o‘ynaydi. Fransiya
55
Prezidenti parlamentda ko‘pchilik ovozga ega bo‘lsagina o‘z pozitsiyalarini
mustahkam saqlab qolishi mumkin.
Respublika boshqaruvining ikkinchi aralash shakli Shveysariyada mavjud.
Bu erda parlament hukumatni saylasada, uni chaqirib olish huquqiga ega emas. O‘z
navbatida, hukumatda parlamentga nisbatan qaror qabul qilish huquqi yo‘q.
Hukumat lavozimi va deputatlik mandatini bir-biriga qo‘shib bo‘lmaydi. Hukumatni
kollegial organ shakllantiradi, ayni paytda, prezidentlik tizimiga zid ravishda rasman
qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Davlatni boshqarish shakllarining bir-biridan farqlanishiga qaramay,
parlament va hukumatning mavjudligi har qanday tipdagi davlatlar (mutlaq
monarxiya bundan mustasno) uchun umumiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |