iqtisodiy sheriklik, davlatni himoya qilish, dunyoviy tartib-qoidalarni qo‘llab-
52
g‘oyalari asosida qurilgan bo‘lsa hokimiyat organlari samarali faoliyat ko‘rsatishi
mumkin. Ularga yana davlat boshlig‘ining hokimiyati qo‘shiladi.
Davlatlar, boshqaruv shakllari va davlat qurilishi shakllariga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi. Ular davlatchilikning tarixiy an’analari, uning vujudga kelishining asosiy
xususiyatlari va boshqalar jihatidan turli-tuman. Bir tomondan, yagona tipdagi
davlat hududida davlat hokimiyati faoliyati va uni tashkil etishning turli shakllari
uchrashi, ikkinchi tomondan esa, turli tipdagi davlat bir xil shaklda namoyon
bo‘lishi mumkin. Davlatning mohiyati bevosita uning shaklidan kelib chiqadi va u
orqali aniqlanadi.
Davlat shakliga xalqning madaniy darajasi, uning tarixiy an’analari, diniy
dunyoqarashlar tabiati, milliy xususiyatlar, hayot kechirishning tabiiy sharoitlari va
boshqalar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: