Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar
Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali
parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi, Birinchi chaqiriq (1995-1999
yillar) Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan
ko‘rsatilgan 69 nafar, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan
taraqqiyoti» partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan
ko‘rsatilgan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat
vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat
vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar
tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy
Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Adolat» sotsial-demokratik
partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik
partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega bo‘lgan «Vatan taraqqiyoti»
partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-
demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik
partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan
saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor
guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Keyinchalik «Vatan
61
taraqqiyoti» va Fidokorlar partiyalari bitta Fidokorlar partiyasiga birlashganligi
munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida
ularning parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni
birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari
va deputatlar bloklaridan tashqari quyida ro‘yxati keltirilgan 13 ta qo‘mita
ham faoliyat ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |