Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi O‘zbekiston 1991 yil 1
sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim
institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi
bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof
etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar,
ikkinchisi: 1995-2004 yillar va uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr: 1991-1994 yillar
O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq
Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil
etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli
demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning
suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi,
60
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va boshqa bir
qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25
dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25
dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan
245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p
partiyaviylik asosida o‘tkazildi.
Dunyo mamlakatlarining ba’zilaridagi parlamentlarida deputatlar soni
qo‘yidagicha:
1)
AQSH Kongressiga 535 deputat saylanadi.
2)
Rossiya Federal Majlisiga 626 deputat saylanadi.
3)
Misrda Xalq Assambleyasiga 454 deputat saylanadi.
4)
Isroil Knessetiga 120 deputat saylanadi.
5)
Finlyandiya, Eduskuktiga 200 deputat saylanadi.
6)
Islandiya Altinggiga 63 deputat saylanadi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |