huquqiy, iqtisodiy, axloqiy, estetik, ruhiy, diniy bilimlar, malakalar, mahorat
2. Moddiy — texnikaviy vositalar. Bu vositalarga, pul mablag‘lari, har xil
avvalo, ishontirish, tarbiyalash usulidan keng foydalanadi. Bu usul ijtimoiy
24
tarbiyalash, usuli uning ijtimoiy mohiyatini to‘laroq ifodalaydi. Ijtimoiy
hayotni tartibga solishda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid, do‘q-po‘pisa qilmaslik, murosa-yu
madora, xolisonalik, tenglik, manfaatdorlik, muntazamlilik, qat’iylik,
izchillik, oshkoralik, ishontirish, tarbiyalash siyosatning asosiy tamoyillaridir.
Siyosatning ishontirish, tarbiyalash usuli ijtimoiy hayotni tartibga
solishning eng maqbul va oqilona vositasidir. Chunki, bu usulning
qo‘llanilishida ijtimoiy muammolar kuch ishlatmasdan, urush — so‘kishsiz,
jabr- zulmsiz, ishontirish, real dalillarga tayanish, isbotlash, murosa-yu
madora, mehr—shafqat asosida hal etiladi. Ishontirish, tarbiyalash
vositalari—kuch ishlatish vositalaridan ustun turadi. Buyuk davlat arbobi va
sarkarda Amir Temur bu haqda shunday degan edi: "Siyosatda maslahat,
mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish qurol kuchidan o‘n baravar foydaliroqdir".
Xuddi ishontirish, tarbiyalash usuli tufayli davlat faoliyati ijtimoiy hayotni
odilona va xolisona tartibga solishga qodir bo‘ladi. Siyosat—bu ijtimoiy
muammolarni tushuntirish ishontirish asosida hal etish demakdir.
Biroq, siyosatning ishontirish, tarbiyalash usulini mutlaqlashtirib, uni
faqat ushbu usul bilan cheklab bo‘lmaydi. Bu holda siyosatning iqtisodiy,
ma’naviy va madaniy sohalardan farqi qolmaydi.
Siyosat o‘z oldida turgan funksiyalarni hal etishda kuch ishlatish,
majburlash usulidan ham foydalanadi. Ijtimoiy hayotni tartibga solishda kuch
ishlatish, majburlash usulidan foydalanish — siyosatning o‘ziga xos
xususiyatidir. U ushbu usulni qo‘llash bilan jamiyatning iqtisodiy, ma’naviy
va madaniy sohalaridan farq qiladi.
Siyosatning ishontirish, tarbiyalash usulini mutlaqlashtirish, uni
universal usulga aylantirishga urinish jamiyat uchun zararlidir. Bu—
siyosatning ijtimoiy tartibsizlik, qonunbuzarlikni jilovlash vositalaridan
mahrum etishga va boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, safsatabozlik,
mitingbozlik, jinoyatchilikning avj olishiga olib keladi. Shuning uchun ham,
bu usulni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi.
Siyosatning ijtimoiy hayotni tartibga solishda ishontirish, tarbiyalash
usulidan foydalanish, uning kuch ishlatish, majburlash usulini qo‘llashni
istisno etmaydi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy hayotni hamisha
ham tinch, ishontirish, tarbiyalash usuli bilan tartibga solib bo‘lavermaydi.
Ijtimoiy hayotda shunday muammolar borki, ularni kuch ishlatish,
25
majburlash usulini qo‘llash orqaligina hal etish mumkin. Inson hayotiga,
jamiyatning yaxlitligi, bir butunligi, tinch — totuvligi, xavfsizligi,
barqarorligi, uyg‘unligiga tahdid soladigan yovuzliklarni faqat tushuntirish,
ishontirish yo’li bilan hal etib bo‘lmaydi. Bunda xatti — harakatlarni kuch
ishlatish, majbur etish usuli bilan hal etish mumkin. Siyosat qonunlarini
qo‘pol ravishda buzgan kishilarni kuch ishlatish, majburlash usulidan
foydalanish bilan buzilgan ijtimoiy adolat va tartib muvozanat tiklanadi, xalq
manfaatini himoya qilinadi. Zotan, qonunbuzarlar jazolanmasdan qolar ekan,
mavjud ijtimoiy muammolar yanada kuchayadi, odamlarning siyosatga
bo‘lgan ishonchi so‘nadi.
Siyosatning kuch ishlatish, majburlash usuli ijtimoiy hayotni tartibga
solishning maqbul usuli emas. Chunki, bu usul qo‘llanilganda, ijtimoiy
muammolar kuch ishlatish, majburlash yuli bilan, murosasiz, ayovsiz,
shafqatsizlik bilan hal etiladi, inson jismoniy va ruhiy tazyiqqa duchor
qilinadi, jamiyatda moddiy va ma’naviy talofatlarga yo’l qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: