Siyosatnnng tuzilishi, vositalari va usullari
Har qanday ijtimoiy hodisa singari siyosat ham yahlit va bir butun tizim
hisoblanadi. Undan biror bir qismini ajratib bo‘lmaydi. Bu siyosat muayyan
tarkibiy qismlardan iborat emas, degan ma’noni anglatmaydi, aslo. U ham
muayyan ichki tuzilishga ega bo‘ladi.
Siyosat tarkibiga ko‘ra subyekt va obyektdan tashkil topadi. Uning subyekti
— siyosiy sohaning birlamchi omili hisoblanadi. Bu omilsiz siyosat, siyosat
bo‘la olmaydi. Siyosatning subyektiga ayrim shaxslar, ijtimoiy guruhlar,
millatlar, davlatlar kiradi.Lekin, ularni har doim ham siyosatning real subekti
deb, bo‘lmaydi.
Ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, davlatlar o‘zini—o‘zi anglagan
va tashkiliy jihatdan uyushgan taqdirdagina siyosatning real subyektiga
aylanadi
Dostları ilə paylaş: |