partishlikka chek qo‘ymasdan, ilmiy asoslangan, oqilona dasturlar,
qonunlarni ishlab chiqmasdan amaliyotdagi muammolarni bartaraf etib
bo‘lmaydi. Faqat nazariy chalkashlik va boshboshdoqlikni, noaniqlik va pala-
partishlikni bartaraf etish, ilmiy asoslangan dasturlarni, qonunlarni, qarorlarni
ishlab chiqish orqali ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Siyosat jamiyatning
barcha sohalari uchun taqdirolomon ahamiyatga ega bo‘lgan, to‘g‘ri yo’lni
ko‘rsatib beradigan qarorlarni ishlab chiqiladigan sohadir.
Siyosat nafaqat dasturlar, qonunlar, qarorlarni ishlab chiqish, balki
ularni qabul qilish funksiyasini ham bajaradi. Chunki dasturlar, qonunlar,
qarorlarning ishlab chiqilishi - bu siyosiy hujjatlar degani emas. Ular
loyihalardir, xolos. Bu loyihalar - har tomonlama muhokama qilinib,
pishitilib, boyitilib, to‘ldirilib qabul qilingandagina siyosiy hujjatlarga,
manbalarga aylanadilar. Siyosat - bu siyosiy hujjatlar, manbalar loyihalarini
muhokama qilib, har tomonlama pishirib va boyitib qabul qilmoq demakdir.
Biroq, siyosat ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va millatlararo,
fuqarolararo totuvlikni ta’minlashga doir dasturlarni, qonunlarni, qarorlarni
qabul qilish funksiyasini bajarish bilan ham cheklanib qolmaydi. U mazkur
hujjatlarning hayotda izchil, qat’iy ijro etilishini ta’minlaydigan amaliy
funksiyalarni ham bajaradi. Buyuk mutafakkir Gegel ko‘rsatib o‘tganidek,
"masalaning mohiyati o‘z maqsadi bilan emas, balki o‘zining amalga
oshirilishi bilan tamomiga etadi... ".
Dostları ilə paylaş: |