16
Siyosat – alohida shaxsning siyosiy tamoyillari, maslaklari,
mulohazalari yoki mayllari majmuasidir.
Siyosat – jamiyatdagi insonlararo o’zaro ta’sir qilish va nizoli
munosabatlar yig’indisidir.
Shunday qilib, yuqorida siyosatning ayrim muhim ta’riflarini ko‘rib
chiqdik. Biroq, siyosatning ta’riflari faqat ana shular bilan cheklanmaydi.
Uning ta’riflari boy va xilma-xildir. Buni siyosatning ijtimoiy hodisa sifatida
murakkabligi, mazmunining boyligi, ijtimoiy funksiyalarning xilma-xilligi
bilan tushuntirish mumkin.
Siyosatning turli ta’riflari va talqinlarini umumlashtirib, uni
quyidagicha ta’riflash mumkin. Siyosat - bu ijtimoiy guruhlar va insonning
ziddiyatli jamoa manfaatlarini anglash, butun jamiyat uchun majburiy
bo‘lgan qarorlarni ishlab chiqish va ularni davlat hokimiyati yordamida
amalga oshirish faoliyatidir.
Dostları ilə paylaş: