Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

 

TAYANCH MA’RUZA MATNI 


 

7

 

Reja: 

1. 

“Siyosаt” tushunchаsi, mаzmuni, mаqsаd vа vаzifalаri 



2. 

Hokimiyat,  uning  shakllari  va  imkoniyatlari.  Hokimiyat  haqidagi 

siyosiy nazariyalarning mohiyati 

3. 


Siyosiy 

hokimiyat, 

uning 

mohiyati, 



belgilari 

va 


siyosiy 

boshqaruvdagi o‘rni 

4. 

 Davlat  hokimiyati  va  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Davlat 



hokimiyati haqidagi siyosiy nazariyalar. 

5. 


O’zbekistonda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish 

jarayoni 



 

1 – REJA. “SIYOSАT” TUSHUNCHАSI, MАZMUNI, MАQSАD 

VА VАZIFALАRI 

Tayanch 

tushunchalar

Siyosat,  siyosatning 

sotsiologik  ta’riflari, 

substantsional  ta’riflar,  siyosatga  "hokimiyatiy"  yondashuv,  siyosatning  

konsepsiyalari,  siyosatning  bosh  maqsadi,  siyosatning  funksiyalari,  siyosat 

tarkibi, siyosat subekit, siyosat  obekti. 

Siyosatning kelib chiqishi va tabiati 

Siyosat nazariyasini o‘rganish eng avvalo siyosat tushunchasini, uning 

jamiyat  hayotida  tutgan  o‘rni  va  funktsiyalari,  tuzilishi,  vositalari  va 

usullarini aniq tasavvur qilishni taqozo etadi.  

Siyosat  tushunchasi  qadimgi  Yunonistonda  (yunoncha,  “polis”  – 

shahar)  paydo  bo’lib,  u  davlat  boshqaruvining  turli  shakllarini  anglatgan. 

Siyosatga doir ilk nazariy qarashlar ham qadimgi Yunonistonda Aristotelning 

“La politika” (“davlatga nima tegishli bo’lsa – u haqida”) asarida yaratilgan. 

“Siyosat”  tushunchasini  aniqlashtirish,  uni  mazmun-mohiyatini  ochib  berish 

va tadqiq etish uzoq davrlar mobaynida monarxiya, respublika va davlatning 

boshqa  shakllarini  tadqiq  etish,  jamiyat  va  davlatni  bir-biridan  ajratish 

(N.Makiavelli),  cherkov  institutlari  (Xristianlik  an’analari)  va  fuqarolik 

jamiyati  (J.Lokk),  davlatni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tuzum  bilan  o’zaro 

aloqadorligini  aniqlashga  doir  (A.Smit)  ilmiy  izlanishlar  jarayonida  o’z 

takomiliga yetdi. 

Qadimgi  davrlardan boshlab, shakllangan an’analarga muvofiq siyosat 

mazmunini  davlat  qudratining  manbai  –  hokimiyat  bilan  uzviy  ravishda 

bog’lab  kelindi.  Umuman,  u  davrlardagi  davlatlarda  siyosatning  mazmuni 




 

8

 

hokimiyatning  huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa  resurslarini  aniqlash 



bilan  bo’gliq  holda  talqin  netildi.  Shuningdek,  siyosat  aktorlarining 

hokimiyatga doir xulqini o’rganish boshqarishning legitimligi va qonuniyligi 

mezonlarini  o’rnatish,  hukmdorlar  va  ularga  bo’ysunuvchilar  rollarini  ijro 

etish  xususiyatlarini  anglash  (Parsons),  hokimiyatning  guruhiy  asoslarini 

yoritish (Bentli) asnosida siyosatning mohiyati yanada oydinlasha boshladi. 

Siyosat  -  murakkab  ijtimoiy  hodisadir.  Uning  tabiati  va  mazmunini 

ochib  berish  oson  ish  emas.  U  ilmiy  adabiyotlarda  ham  keng,  ham  tor 

ma’noda ishlatiladi. 

Keng  ma’noda  kishilar  ko‘pincha  har  qanday  maqsadga  muvofiq 

ijtimoiy  faoliyatni  siyosat  deb  atashadi.  Bu  tushuncha  u  yoki  bu  jarayonni 

boshqarish bilan  aynanlashtiriladi.  M.Veber  o‘zining  mashhur  "Siyosat  ham 

mayl, ham kasb sifatida" maqolasida shunday deb yozadi:  "Siyosat deganda 

biz  nimani  tushunamiz?  Bu  tushuncha  nihoyatda  keng  ma’noga  ega  va 

mustaqil  boshqaruvga  doir  faoliyatning  barcha  ko‘rinishlarini  o‘z  ichiga 

oladi.  Banklarning  valyuta  siyosati,  kasaba  uyushmasining  ish  tashlash 

vaqtidagi  siyosati  to‘G‘risida  gapiriladi,  shahar  yoki  qishloq  jamoasining 

maktablarga  oid  siyosati,  korporatsiya,  rahbarining  boshqaruv  siyosati  va 

nihoyat,  hatto  o‘z  erini  boshqarishga  intilayotgan  aqlli  xotin  siyosati  haqida 

gapirish mumkin".  

Siyosat  tushunchasi  ko‘pincha  tor  va  tom  ma’noda    ishlatiladi.  Bu 

holda  u  jamiyatning  mustaqil  sohalaridan  birini,  ya’ni,  iqtisodiyot  va 

madaniyat bilan bir qatorda bo‘lgan sohani belgilash uchun foydalaniladi. 

Tor  ma’noda  siyosat  davlat  hokimiyati  idoralari,  siyosiy  partiyalar, 

manfaat guruhlarining mamlakatda tinchlik-totuvlikni, ijtimoiy barqarorlikni, 

xavfsizlikni  ta’minlash  bo‘yicha  faoliyatini  anglatadi.  Bu  tushuncha 

davlatlarning, turli siyosiy kuchlarning, tashkilotlarning xalqaro maydondagi 

xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. 

Ilmiy  adabiyotlarda  siyosatning  turli-tuman  ta’riflari,  talqinlari 

mavjuddir.  Bu  ilmiy  ta’riflarni,  asosan,  uchta  guruhga:  sotsiologik, 

substansional va faollik guruhlariga bo‘lish mumkin. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin