Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Hokimiyat  -  yaxlit  va  bir  butun  ijtimoiy  hodisadir.  Bu  esa  uning 

muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganligini inkor etmaydi. 




 

36

 

Hokimiyat - bir qator tuzilmalardan iborat bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. 

Uning tarkibiga sub’yekt, ob’yekt va resurslar kiradi. 

Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri- sub’yekt (aktor) dir. U 

hokimiyatning bevosita tashuvchisidir.  

Sub’yekt  -  hokimiyatning  faol,  yo‘naltiruvchi  qismidir.  U  alohida 

inson,  sotsial  guruh,  kishilarning  birligi,  misol  uchun  xalq  yoki  jahon 

hamjamiyati, davlat institutlari, siyosiy partiyalar bo‘lishi mumkin. Biroq, har 

qanday  inson  hokimiyatning sub’ekti  bo‘lavermaydi.  U  hokimiyat  sub’yekti 

bo‘lishi uchun qator sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Avvalambor bu hokimlikka 

xohish-istak,  ko‘rsatmalar  yoki  buyruqlarda  ko‘rinadigan  hokimlik  qilish 

irodasidir.  Ko‘pchilik  kishilar  hokimiyatga  egalik  qilishdan  qoniqish  his 

etmaydilar. Ular uchun hokimiyat o‘z-o‘zidan boylik hisoblanmaydi. Ko‘plar 

agar hokimiyat turli imtiyozlarni olish uchun imkoniyatlar ochib bermaganda 

umuman  rahbarlik  lavozimlaridan  va  ular  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

ma’suliyatdan  o‘zlarini  olib  qochgan  bular  dilar.  Ular  uchun  hokimiyatga 

intilish  instrumental  xarakterga  ega,  ya’ni  boshqa  bir  maqsadga  erishish 

vositasi bo‘lib xizmat qiladi.  

Hokimiyat  sub’yekti  rahbarlik  qilishga  xohish-istak  va  ma’suliyatni 

o‘z  bo‘yniga  olishlikdan  tashqari  u  bilimdon  bo‘lishi,  ishning  ma’no-

mazmunini,  qo‘l  ostidagilarining  holati  va  kayfiyatini  bilishi,  resurslardan 

foydalana ola bilishi, obro‘-e’tiborli bo‘lishi kerak. Jamiya uchun hokimiyat 

sub’ektining  uyushqoqligi  juda  ham  muhim.  Albatta,  hokimiyatning  real 

tashuvchilarini  ushbu  sifatlar  bilan  bir  xil  darajada  ta’minlangan  deb 

bo‘lmaydi.  

Hokimiyat  sub’yektlari  murakkab  ko‘p  darajali  xarakterga  egadirlar. 

Uning  boshlang‘ich  aktorlari-  individlar  va  ijtimoiy  guruhlar,  ikkinchilari- 

siyosiy  tshkilotlar,  eng  yuqori  darajadagi  sub’yektlari  -  siyosiy  elitalar  va 

liderlardir.  Ushbu  darajalar  o‘rtasidagi  aloqalar  doimo  bir  tekisda  va  silliq 

ketavermaydi.  Bu  aloqalar  buzilishi  ham  mumkin.  Masalan,  liderlarning 

ommadan, hatto o‘zining partiyasidan uzilib qolish hollari ham tez-tez uchrab 

turadi.  

Hokimiyat sub’yekti ob’yekt bilan munosabatlarda birinchi darajali rol 

o‘ynaydi.  U  hokimiyat  munosabatlarini  ko‘rsatmalar  (buyruq)  orqali 

ifodalaydi.  Bu  ko‘rsatmalarda  hokimiyat  ob’yektining  xulq-atvori,  buyruqni 

bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun rag‘batlantiruvchi va jazolash choralari 



 

37

 

ko‘zda  tutiladi.  Ijro  etuvchilarning  munosabati  buyruqdagi  mavjud 



talablarning xarakteriga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.  

Ob’yekt  -  hokimiyatning  ikkinchi  muhim  elementidir.  U  hokimiyat 

sub’yekti  qarorlarining  bevosita  boshqaruvchisidir.  Ob’yekt  ham,  xuddi 

sub’yekt  kabi  hokimiyatning  ajralmas  tarkibiy  qismidir.  Bu  elementsiz 

hokimiyatni 

tasavvur 

etib 


bo‘lmaydi. 

Hokimiyat 

ob’yektini 

quyidagilar:individ, sotsial guruh, sinf, jamiyat tashkil etadi.  

Hokimiyat  sub’yektining  sifati,  faolligi  jamiyatning  siyosiy 

madaniyati  bilan  belgilanadi.  Bu  madaniyat  qanchalik  yuqori  bo‘lsa, 

mustabid tuzumga ehtiyoj shunchalik kam bo‘ladi.  

Eng 


zamonaviy 

hokimiyat 

konsepsiyalari 

hokimiyatning 

"kommunikativ"  jihatiga  diqqatni qaratar  ekan, hokimlik  munosabatlari  ikki 

tomonlama,  assimetrik  (tengsiz)  munosabatlar  ekanligini  ta’kidlashadi. 

Hokimiyatshunoslikda  mashhur  misolni  biz  ham  keltiramiz:  Chorrahadagi 

nozir  qo‘lidagi  tayoq,  hushtak,  qo‘l  ishoralari  bilan  haydovchini  to‘xtashga, 

o‘nga—chapga  burilishga  v  h.  majbur  qladi.  Nozir  iltimos  yoki  taklif 

qilmaydi, u buyuradi. Militsiya hodimi (subekt) shofyor va yo’lovchi (obekt) 

uchun tushunarli imo-ishora tilida gaplashadi va shu tariqa o‘z hokimiyatini 

amalga  oshiradi.  Ob’yektning  sub’yekt  irodasiga  bo‘ysunishga  tayyorligi 

hokimiyat  mavjudligi  yoki  e’tirofining  muhim  shartidir.  Agar  bunday 

bo‘lmaganda edi militsioner shofyorni o‘z aytganini kuch bilan qildirishi ham 

mumkin edi (uni qo‘lidagi tayoq bilan urishi, qamashi, otib tashlashi). Lekin, 

bu  holatda  gap  hokimiyat  to‘g‘risida  emas,  kuch,  zo‘rlik  ishlatish  haqida 

ketgan bo‘lar edi. Ushbu misoldan kelib chiqadigan xulosa shuki, hokimiyat 

subekt  va  obekt  o‘rtasida,  asosan,  ixtiyoriy  ikki  tomonlama  muloqot 

natijasida vujudga keluvchi hodisadir. 

 

  Hokimiyatning  asosini  yoki  manbaini  resurslar  tashkil  etadi.  Bu 



resurslar  hokimiyat  sub’ekti  tomonidan  hokimiyat  ob’ektiga  ilgari  surilgan 

masalaga erishish maqsadida ta’sir ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Resurslar 

kishilarni rag‘batlantirish, jazolash yoki ishontirishda qo‘llanilishi mumkin.  

Hokimiyat  resurslari  xilma-xildir.  Ular  ilmiy  adabiyotlarda  bir  necha 

turlarga,  avvalambor  o‘tilitar,  majburlovchi  va  me’yoriy  resurslarga 

bo‘linadi. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin