Siyosiy-huquqiy resurslar - bu ijtimoiy tartibni, xavfsizlikni,
barqarorlikni, fuqarolarning tinch-osoyishtaligini, jamiyatning yaxlitligi va
bir butunligini ta’minlovchi vositalardir. Bu vositalarga dasturiy hujjatlar,
Konstitutsiya, qonunlar va ularni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kiradi.
Iqtisodiy resurslar - bu ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarish va
iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, ularning umumiy
ekvivalenti sifatida pullar, texnika, unumdor erlar, er osti qazilma boyliklari
va hokazolar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |