Kuch ishlatuvchi resurslar - bu qurol-yaroq, jismoniy majburlovchi
muassasalar va buning uchun maxsus tayyorlangan kishilardir. Ularning
o‘zagini armiya, politsiya, xavfsizlik kengashi tashkil etadi. Resurslarning
mazkur ko‘rinishi hokimiyatning azaldan eng samarali manbai hisoblangan.
Sababi, uning foydalanishi insonni oliy qadriyatlar - hayotdan, erkinlik va
mol-mulkdan mahrum qilishga qodirligidir. Hokimiyatning turli resurslari
odatda uning sub’ektlari, avvalo davlat idoralari tomonidan kompleks
ravishda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |