Siyosiy hokimiyatga quyidagi bir qator belgilar xos:
1) siyosiy hokimiyat jamiyatda ijtimoiy munosabatlar ifoda
etilishining zarur shakli sifatida yuzaga keladi va qaror topadi. Siyosiy
hokimiyat - o‘z mohiyatida hukmronlik sub’ekti bilan ob’ekt o‘rtasidagi
qarama-qarshilikni mujassam etadi;
2) hokimiyat hatti-harakatlarda, sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarida
amalga oshiriladigan imkoniyatdir. Uni o‘zlashtirib olish mumkin emas.
Hokimiyatni egallash, uni bir qo‘ldan boshqasiga o‘tkazish birovlarning
boshqalarga o‘z istak-irodalarini zo‘rlab tiqishtirish, ularning xulq-atvorini
boshqarish qobiliyatini shakllantiruvchi va amalga oshirilishini ta’minlovchi
vositalarning muayyan yig‘indisini egallab olish yoki o‘tkazishdan boshqa
narsani anglatmaydi;
3) siyosiy hokimiyat ijtimoiy tizimning, ijtimoiy iqtisodiy
munosabatlarning hosilasidir;
4) siyosiy hokimiyat majburlash bilan bog‘liq. Shunga qaramay, uni
faqat majburlash vositasida yoki jismoniy zo‘ravonlik orqali amalga oshirish
mumkin emas. Majburlash ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning
vositasi, jamiyatni boshqarishning eng muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Hokimiyatning asosiy jihati - odamlarning ijtimoiy hayotini boshqarish.
44
Siyosiy hokimiyat hokimiyatning boshqa turlaridan quyidagi asosiy
xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Suverenitet – hokimiyatning mustaqilligi va bo‘linmasligidir.
Masalan, mamlakatda koalitsion hukumat va ko‘p partiyali parlamentbo‘lgan
taqdirda ham siyosiy hokimiyat turli siyosiy kuchlarning kelishilgan siyosati
orqali amalga oshiriladi.
2. Iroda – muayyan siyosiy maqsad va dasturning mavjudligi va uni amalga
oshirishga qaratilgan tayyorgarlik.
3. Avtoritet – siyosiy hokimiyat subyektining ijtimoiy hayotning barcha
jabhalaridagi ta’sirining mamlakat va uning tashqarisidagi umum e’tirofi.
4. Majburlash – o‘z irodasini jismoniy kuch ishlatib bo‘lsa-da amalga
oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.)
Siyosiy hokimiyat yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga to‘la ega
bo‘lsagina, u siyosiy hokimiyat maqomiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |