Siyosiy hokimiyat


Siyosiy hokimiyat legitimligi



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Siyosiy hokimiyat legitimligi 

 Siyosiy  hokimiyat  tahlilida  hokimiyatning  legitimligi  tushunchasi 

muhim ahamiyat kasb etadi. Legitimlik atamasi o‘zining lug‘aviy mazmuniga 

ko‘ra fransuzcha “legitimite” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u qonuniy degan 

ma’noni  anglatadi.  Hokimiyat  legitimligi  odatda  uning  qonuniyligi  va 

adolatligi fuqarolar tomonidan ijobiy baholanishini va ixtiyoriy tan olinishini 

anglatadi. U hokimiyatning obro‘i bilan uning mavjud siyosiy institutlarining 

optimallikka e’tiqodni shakllantirish va saqlab turish qobiliyati va imkoniyati 

bilan beliglanadi.  



 

45

 

Legtimlik va legallikni aynan bir xil tushunchalar deb bo‘lmaydi. Ular 



bir-birlariga  mos  kelmaydigan  tushunchalardir.  Agar  legallik  hokimiyatning 

huquqiy  aoslanishini,  uning  huquqiy  me’yorlarga  mos  kelishini  anglatsa, 

legitimlik – bu  ishonch, hokimiyatni  oqlash  va  qullab-quvvatlashdir.  Qonun 

chiqaradigan  har  qanday  hokimiyat,  ularning  bajaralishini  ta’minlamaganda 

ham  legaldir.  SHu  bilan  birga  nolegitim  bo‘lishi  ,  xalq  tomonidan  qabul 

qilinmasligi ham mumkin. Hokimiyatning legitimligi bir xil emas. U o‘zining 

mazmun-mohiyatiga ko‘ra xilma-xil turlarga bo‘linadi. 

Hokimiyat  legitimligining  uchta  mumtoz  turini  (Maks  Veber)  ajratib 

ko‘rsatish mumkin. Bu turlar quyidagilardan iborat: 

1).  An’anaviy  legitimlik.  U  azaldan  o‘rnatilgan  tartiblarning 

buzilmasligi  va  muqaddasligiga  bo‘lgan  ishonchga,  hokimiyatga  bo‘ysinish 

urf-odatlariga  binoan  qaror  topadi.  Uning  negizini  siyosiy  an’anlarga,  urf-

oodatlarga  ishonch  tashkil  etadi.  An’anaviy  legitimlik  monarxiyalarga  xos 

xususiyatdir.  Bunda  ko‘p  asrlik  an’analarga,  hokimiyatning  ko‘p  asrlik 

turlariga, 

hokimiyatning 

meros 

tariqasida 



o‘tishiga, 

fuqarolarning 

hukmdorlarga  so‘zsiz  bo‘ysunishlariga,  ular  o‘rtasidagi  munosbatlarning 

norasmiyligiga asoslanadi.  

Ana’anivy  legitimlik  tarixiy  jarayonda  ancha  o‘zagrishlarga  yuz 

tutgan bo‘lsa-da uni bugungi kunda ham kuzatish mumkin. 

2).  Xarizmatik  legitimlik  (yunoncha  «xarizma»  -  xudo  tomonidan 

in’om  etilgan  ilohiy  qobiliyat).  Bu  legitimlik  rahbarning  haddan  tashqari 

ilohiy  qobiliyatiga,  favqulodda  iste’dodiga,  ya’ni  xarizmaga  ishonishga 

asoslanadi.  Uning  negizini  tarixiy  an’analar  emas,  balki  shaxsga  xalqning 

cheksiz ishonchi tashkil etadi. 

Legtimlikning  xarizmatik  turi  ana’anaviy  legitimlikning  tamomila 

aksidir.  An’anaviy  legitimlik  an’ana,  urf-odatga  bog‘langan  bo‘lsa, 

xarizmatik legitimlik, aksincha, shu paytgacha tan olinmagan tamomila yangi 

narsalarga, yangi g‘oyalarga asoslanadi. 

Tarixiy  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  xarizmatik  legitimlik  ko‘pincha 

o‘tish davrlarida tez-tez kuzatiladi. Har bir tarixiy davr muayyan xarizmatik 

turdagi legitimlikni ilgari suradi. Undan hozirgi davr ham istisno emas. 

3).  Oqilona-huquqiy  legitimlik  –  legitimlikning  mustaqil  turidir.  U 

legitimlikning  an’anaviy,  xarizmatik  turlaridan  farq  qiladi.  Oqilona-huquqiy 

legitimlik  fuqarolarning  alohida  shaxslarga  emas,  balki  davlat  tuzilishiga 



 

46

 

bo‘lganligiga  aoslanadi.  Uning  manbaini  oqilona  anglangan  manfaat  tashkil 



etadi. Bu manfaat kishilardan umumjahon tomonidan e’tirof etilgan qoidalar 

bo‘yicha shakllangan hukumat qarorlariga ixtiyoriy buysunishni uyg‘otadi. 

Oqilona  huquqiy  legitimlik  ilg‘or,  demokratik  davlatlarga  xos 

xususiyatdir.  Bunday  davlatlarda  kishilar  rahbar  shaxsga  emas,  bakli 

qoununlarga  bo‘ysunadi.  Hokimiyat  vakillari  demokratik  tamoyillar  asosida 

saylanadilar  va  harakat  qiladilar.  Ularda  Konstitutsiya  asosiy  huquqiy  akt 

hisoblanib,  sotsial  xulq-atvorlarning  muayyaan  qoidalarini  beligalab  beradi. 

Bu qoidalarga barcha fuqarolarning, shu jumladan, siyosiy rahbarlarning ham 

qattiq rioya qilishlari urf-odatga aylanadi.  

Hozirgi  zamon  siyosiy  amaliyotida  oqilona-huquqiy  legitimlikni  sof, 

ideal  holda  uchratish  qiyin.  Uni  ko‘pincha  boshqa  turlar  bilan  bog‘langan, 

oqilonalikning  an’anviylik  bilan  to‘ldirilgan  va  boyitilgan  holda  uchratish 

mumkin. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin