Demografik resurslar - hokimiyatning maxsus resurslaridir. Bu resurs
boshqa resurslarni ishlab chiqaruvchi universal, ko‘p funksiyali resursdir.
Inson- moddiy boyliklarning yaratuvchisi, askar va partiya a’zosi, bilim va
axborotning egasi va tarqatuvchisidir. SHaxs o‘zining ko‘p sonli qirralaridan
birida- birovning irodasini amalga oshiruvchi vosita sifatida foydalanilganda
hokimiyatning resursi bo‘lib yuzaga chiqadi. Umuman, inson nafaqat
hokimiyatning resursi, balki uning sub’ekti va ob’ektidir.
Hokimiyat - boy va xilma-xil shakllarda, darajalarda ko‘rinadigan
ijtimoiy hodisadir. Bu ko‘rinishlar ilmiy adabiyotlarda qanday resurslarga
asoslanishiga
ko‘ra,
siyosiy,
iqtisodiy,
sotsial,
madaniy-axborot,
majburlovchi hokimiyatlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |