Davlat shakli – murakkab ijtimoiy hodisa, u o‘zaro bog‘langan uch unsurni
o‘z ichiga oladi: boshqaruv shakli, davlat qurilishi shakli va davlat rejim shakli.
Turli mamlakatlarda davlat shakllari o‘z xususiyatlariga, xarakterli belgilariga ega,
ijtimoiy rivojlanish darajasiga qarab ular yangi mazmun bilan boyib boradi. SHu
bilan birga, mavjud davlatlar shakli umumiy belgilarga ham ega, bu narsa davlat
shaklining har bir unsuriga ta’rif berish imkonini beradi.
Boshqaruv shakli davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, ularning
vujudga kelish tartibini o‘z ichiga oladi.
Davlat shakli quyidagilarni anglash imkoniyatini beradi:
Davlatning oliy organlarini vujudga kelishi va ularning tuzilishi;
Davlatning
oliy
va
boshqa
organlari
o‘rtasidagi
o‘zaro
munosabatlarnining qurilishi;
Oliy davlat hokimiyati va mamlakat aholisi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning qurilishi;
Oliy davlat organlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklar
ta’minlanish darajasi.
Ko‘rsatilgan belgilar bo‘yicha davlat boshqaruv shakli monarxiya (mutlaq,
konstitutsion, teokratik, dualistik) va respublikaga bo‘linadi.
Monarxiya – bu shunday boshqaruv shakliki, unda oliy hokimiyat yakka bir
shaxs tomonidan amalga oshiriladi va, odatda, meros bo‘lib o‘tadi.
O‘z hokimiyatidan umrbod foydalanuvchi yakka davlat rahbari (sulton,
qirol, imperator, shoh), oliy hokimiyatning vorisiylik asosida meros bo‘lib o‘tish
53
tartibi, monarxning yuridik jihatdan mas’uliyatsizligi klassik monarxistik davlat
boshqaruvining asosiy belgilari hisoblanadi.
Monarxiya quldorlik jamiyati sharoitlarida vujudga kelgan. Feodalizmda u
davlat boshqaruvining asosiy shakliga aylandi. Hozirgi dunyoda monarxiyaga
asoslangan boshqaruvning faqat an’anaviy, asosan yuzaki belgilari saqlanib qolgan.
O‘z navbatida, monarxiya mutlaq, cheklangan (konstitutsion), dualistik va teokratik
monarxiyaga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |