Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Mutlaq  monarxiya  –  boshqaruvning  shunday  shakliki,  unda  oliy  davlat 

hokimiyati qonun bo‘yicha to‘laligicha bitta shaxsga bo‘ysunadi. Bunday boshqaruv 

shakli Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa 

mamlakatlarda amalga oshiriladi. 



Cheklangan monarxiya (yoki konstitutsiyaviy monarxiya) – boshqaruvning 

shunday  shakliki,  unda  monarxning  hokimiyati  vakillik  organlari  tomonidan 

sezilarli darajada cheklanadi. Odatda bu cheklash parlament tomonidan tasdiqlangan 

konstitutsiya bilan belgilanadi. Monarx esa konstitutsiyani o‘zgartirish huquqiga ega 

emas. 

Cheklangan  monarxiyaning  asosiy  belgilari  –  hukumat  parlament 



saylovlarida  ko‘pchilik  ovoz  olgan  muayyan  partiyaning  vakillari  asosida 

shakllantiriladi;  eng  ko‘p  deputat  o‘rinlariga  ega  bo‘lgan  partiya  lideri  hukumat 

rahbariga aylanadi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud sohalari amalda monarx 

hokimiyatiga bo‘ysunmaydi, uning bu sohalardagi hokimiyati ramziy hisoblanadi; 

qonunchilik hujjatlari parlament tomonidan qabul qilinadi va faqat rasman monarx 

tomonidan  imzolanadi;  konstitutsiyaga  muvofiq  hukumat  monarx  oldida  emas, 

balki  parlament  oldida  hisobot  beradi.  Boshqaruvning  bunday  shakli  Yaponiya, 

Buyuk  Britaniya,  Daniya,  Ispaniya,  Belgiya,  Shvetsiya  va  boshqa  mamlakatlarda 

amal qiladi. 

Konstitutsiyaviy  monarxiyaning  shakllaridan  biri  sifatida  dualistik 

monarxiya  maydonga  chiqadi.  Dualistik  monarxiyaning  asosiy  belgilari  – 

ikkiyoqlama  xarakter  kasb  etadi;  yuridik  jihatdan  hokimiyat  haqiqatda  monarx 

tomonidan  shakllantirilgan  hukumat  va  parlament  o‘rtasida  bo‘linadi;  hukumat 

parlamentdagi  partiya  tarkibiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  shakllantiriladi  va  uning 

oldida  hisob  bermaydi;  monarx  asosan  feodallarning  manfaatlarini  ifodalaydi, 

parlament  esa  burjuaziya  va  aholining  boshqa  qatlamlarini  himoya  qiladi. 

Boshqaruvning  bunday  shakli  kayzer  Germaniyasida  mavjud  edi  (1871-1918), 

hozirda esa Marokashda amal qilayapti. 




 

54

 

Bir qator davlatlarda  monarx mamlakatning  nafaqat dunyoviy,  balki diniy 



hayotiga ham boshchilik qiladi.  Bunday  monarxiyalar  teokratik  monarxiyalar  deb 

ataladi. Boshqaruvning bunday shakli Saudiya Arabistoni va Vatikanda amal qiladi. 

Boshqaruvning yana bir shakli respublika bo‘lib, unda oliy hokimiyat aholi 

tomonidan  muayyan  muddatga  saylangan  saylov  organlari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Boshqaruvning  respublika  shaklining  umumiy  belgilari –  yakka  hukmdor 

va  kollegial  davlat  rahbariyatining  mavjudligi;  davlat  rahbari  va  boshqa  davlat 

hokimiyati  oliy  organlarining  muayyan  muddatga  saylab  qo‘yilishi;  davlat 

hokimiyatining  o‘z  irodasiga  ko‘ra  emas,  balki  xalq  xohishi  bo‘yicha  amalga 

oshirilishi;  qonun  bilan  ko‘zda  tutilgan  hollarda  davlat  rahbarining  yuridik 

javobgarlikka tortilishi. Respublika ham hamma vaqt va hamma joyda bir xil emas. 

U  ham  monarxiya  kabi  har  xil  bo‘ladi.  Hukumatning  parlament  yoki  prezident 

oldida mas’uliyatliligiga qarab parlamentar respublika va prezidentlik respublikasiga 

bo‘linadi. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin