Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Ikkinchi davr1995-2004 yillar 

Oliy  Kengash  o‘rniga  O‘zbekiston  Respublikasining  bir  palatali 

parlamenti  —  Oliy  Majlis  shakllantirildi,  Birinchi  chaqiriq  (1995-1999 

yillar)  Oliy  Majlis  tarkibida  O‘zbekiston  Xalq-demokratik  partiyasidan 

ko‘rsatilgan  69  nafar,  «Adolat»  sotsial-demokratik  partiyasidan  47,  «Vatan 

taraqqiyoti»  partiyasidan  14  va  «Milliy  tiklanish»  demokratik  partiyasidan 

ko‘rsatilgan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat 

vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. 



Ikkinchi  chaqiriq  (2000-2004  yillar)  Oliy  Majlisga  saylov  hokimiyat 

vakillik  organlari  bilan  bir  qatorda  beshta  siyosiy  partiya  va  saylovchilar 

tashabbuskor  guruhlari  ishtirokida  bo‘lib  o‘tdi.  Ikkinchi  chaqiriq  Oliy 

Majlisda  11  nafar  deputatni  birlashtirgan  «Adolat»  sotsial-demokratik 

partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik 

partiyasi  fraksiyasi,  20  nafar  deputatga  ega  bo‘lgan  «Vatan  taraqqiyoti» 

partiyasi  fraksiyasi,  34  nafar  deputat  tashkil  etgan  Fidokorlar  milliy-

demokratik  partiyasi  fraksiyasi, 49 nafar  deputatdan iborat  Xalq-demokratik 

partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan 

saylangan  deputatlar  bloki  va  16  nafar  saylovchilar  tashabbuskor 

guruhlaridan  saylangan  deputatlar  bloki  ro‘yxatga  olindi.  Keyinchalik  «Vatan 



 

61

 

taraqqiyoti»  va  Fidokorlar  partiyalari  bitta  Fidokorlar  partiyasiga  birlashganligi 



munosabati  bilan  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning  ikkinchi  sessiyasida 

ularning parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni 

birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar. 

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari 

va  deputatlar  bloklaridan  tashqari  quyida  ro‘yxati  keltirilgan  13  ta  qo‘mita 

ham faoliyat ko‘rsatdi. 




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin