Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Qonun  ijodkorligi  deputatlar  ishining  bosh  yo‘nalishiga  aylandi. 

1995—2004  yillarda  Oliy  Majlis  240  ta  qonun,  778  ta  qaror  qabul  qildi, 

amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi, 130 

dan  ziyod  xalqaro  shartnoma  va  bitimni  ratifikatsiya  qildi.  Mamlakatning 

qonun  chiqaruvchi  oliy  organi  mazkur  bosqichda  davlat  suverenitetini, 

fuqarolar 

tinchligi 

va 


ijtimoiy 

barqarorlikni 

mustahkamlashga, 

jamiyatda 

demokratik, 

ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarni 

chuqurlashtirishga  ko‘maklashadigan  qonunlar  ishlab  chiqish  va  qabul 

qilishga  intildi.  Natijada  parlament  mamlakatning  demokratik  va  taraqqiyot 

yo‘lidan  mustaqil  rivojlanib  borishining  huquqiy  negizini  anchagina 

kengaytirdi  va  mustahkamladi.  Misol  uchun,  birinchi  chaqiriq  Oliy 

Majlis  tomonidan  qabul  qilingan  «Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida»gi, 

«Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  to‘g‘risida»gi,  «Oliy  Majlisning  Inson 

huquqlari  bo‘yicha  vakili  (Ombudsman)  to‘g‘risida»gi,  «Fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida»gi  qonunlarda  va  boshqa 

qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan 

normalar  yanada  rivojlantirildi.  Parlament  nazorati  bir  palatali  Oliy 

Majlis  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘ldi.  Oliy  Majlis 

qo‘mitalari va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini 

nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko‘rib chiqdilar. Bunday 

nazorat  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  mamlakatning  barcha  viloyatlari, 

shuningdek,  Toshkent  shahrini  qamrab  oldi.  Bir  palatali  Oliy  Majlisning 

nazorat  faoliyatini  tahlil  etish  bir  qator  qonuniyatlarni  namoyon  etdi. 

Birinchidan,  mamlakat  taraqqiyotining  yangi  bosqichini  va  huquqni  tatbiq 

etish  amaliyotini  hisobga  olgan  holda  muqaddam  qabul  qilingan  qonunlarni 

takomillashtirish  tamoyili  yil  sayin  kuchaya  bordi.  Ikkinchidan,  qonun 

ijodkorligi  ishi  borgan  sari  tarmoq  tusini  kasb  etib,  ayrim  sohalardagi 

munosabatlarni  huquqiy  jihatdan  tartibga  solishga  intildi.  Uchinchidan,  bir 



 

62

 

necha  qo‘mita  va  komissiyalarning  birgalikdagi  sa’y-harakatlari  bilan 



tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib 

bordi. 



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin