Siyosiy hokimiyat



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

 

Referat mavzulari 

1.  Parlament – jamiyat hayotining ko‘zgusi. 

2.  Milliy  parlamentarizm  shakklanishining  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy 

asoslari. 

3.  O‘zbekistonda  ijro  etuvchi  hokimiyat  va  uning  tuzulmaviy 

takomillashuvi. 

4.  Parlament islohatlarining davlat boshqaruvi jarayoniga ta’siri. 

5.  Davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning 

o‘rni  (I.A.Karimov  tomonidan  taqdim  etilgan  “Mamlakatimizda 

demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari surilgan fikrlar asosida) 

 

Dunyodagi  rivojlangan  mamlakatlarda  davlat  hokimiyatining  3  ta 



bo‘linish 

prinsipi 

mavjud. 

O‘zbekiston 

Konstitutsiyasining 

xalq 


hokimiyatchiligiga bag‘ishlangan 11-moddasida ham  davlat hokimiyati 3 ta 

bo‘linish  prinsipiga  asoslanishi  bayon  etilgan.  Ular  1)  qonun  chiqaruvchi 

(Oliy Majlis), 2) ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va 3) sud hokimiyati.  

Qonun 


chiqaruvchi 

hokimiyat 

jamiyat 

hayotining 

xilma-xil 

sohalaridagi  o‘zgarishlarni,  o‘zaro  munosabatlarni  tartibga  solish,  ularni 

huquqiy  jihatdan  kafolatlashga  doir  qonunlarni  ishlab  chiqadi.  Davlat 

hokimiyati  tomonidan  ishlab  chiqilgan  qonunlarni  bajarish  va  ularga  amal 

qilish  majburiy  hisoblanadi.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  g‘arbda: 

Parlament,  Seym  Kongress  va  h.k.  deb  yuritilsa    sharqda:  Oliy  majlis, 

Kengash, Halq qurali va h.k. deb ataladi. 

Huquqiy  davlatchilik  va  fuqarolik  jamiyati  gullab-yashnashi  uchun  ilk 

zamin  —  bu  parlametarizmdan  boshlanmog‘i  shart.  Zero,  parlamentning 

qanday  bo‘lishi,  davlat  hokimiyati  organlari  tizimida  uning  qanday  o‘rin 

egallashi,  qanday  qonunlar  qabul  qilinishi,  bu  qonunlar  inson  huquqlari  va 

erkinliklarini  qay  darajada  ta’minlay  olishi  —  davlat  va  jamiyatning  o‘zaro 




 

59

 

munosabatlarining xarakterigagina emas, balki bundan keyin davom etadigan 



davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlariga ta’sir qilishi shubhasiz edi. 

Mustaqillik  qo‘lga  kiritilgan  dastlabki  paytlardanoq  O‘zbekistonda 

demokratiyani  taraqqiy  toptirish  uchun  hozirgi  zamon  jahon  standartlariga 

javob  bera  oladigan  samarali  va  ishchan  parlamentni  shakllantirish  zarur 

degan  fikrda  yakdil  edi.  Ammo  bir  ijtimoiy  tizimdan  ikkinchisiga  o‘tish 

sharoitida  bu  vazifa  —  murakkabgina  bo‘lib  qolmay,  balki  hayot-mamotni 

hal qiladigan darajada qiyin masala ham edi. 

“Bosqichma-bosqichlilik”  tamoyiliga  amal  qilgan  islohotchi-davlat 

ushbu  jarayonni quyidagi  bosqichlarda o‘tkazdi:  O‘zSSR  Oliy  Sovetidan  — 

mustaqil  O‘zbekistonning  Oliy  Sovetiga,  undan  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy Majlisiga va yarimprofessional bir palatali parlamentdan — ikki palatali 

professional parlamentga. Birinchi bosqichda suverenitet asoslarini o‘rnatish, 

davlat  va  jamiyat  qurilishi,  bozor  iqtisodiyotini  rivojlantirish  va  ijtimoiy 

sohalarda muhim qonunlar qabul qilish kerak edi. Parlamentarizm saboqlarini 

o‘zlashtirish,  bunda  nafaqat  parlament  sub’ektlari,  balki  butun  jamiyat  bu 

saboqlarni o‘zlashtirmog‘i kerak edi. Gap shundaki, “parlament” iborasining 

o‘zi mustaqillik qo‘lga kiritilgunicha O‘zbekistonda ishlatilmas edi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin