Siyosiy hokimiyat


Parlamentning asosiy funksiyalari



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Parlamentning asosiy funksiyalari

  Qonun yaratish; 

  Vakillik;  

  Teskari  aloqa  funksiyasi  –  busiz  davlat  organlari  olib  borilayotgan 

siyosatining  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlanishini  ta’minlay  olmaydilar. 

Ushbu aloqa turli usullar bilan amalga oshiriladi. Bir qator davlatlar 

alohida  parlament  komissarlari  (ombudsmanlar)  institutiga  ega,  ular 



 

56

 

davlat xizmatchilarining qonunlarga rioya qilishi ustidan nazorat etish 



maqsadida tayinlanadi. O‘zbekistonda bu institut parlament huzurida 

Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (1995 yil, fevral) tuzilgan. 

  Byudjetni shakllantirish funksiyasi; 

  Tashqi siyosat funksiyasi. 



Hukumat – ijroiya hokimiyatining oliy davlat organi, parlament tomonidan 

qabul qilingan asosiy siyosiy qarorlarni amalga oshiradi. Boshqaruvning parlament 

shakli amal qiladigan mamlakatlarda (monarxiya shaklida ham, respublika shaklida 

ham)  u  oliy  davlat  organlari  tizimida  markaziy  o‘rin  tutadi.  Hukumat  vakolati 

amaldagi  qonunchilik  bilan  belgilanadi.  Hukumat  qonun  chiqarishda  tashabbus 

ko‘rsatish  huquqidan  foydalanib,  parlamentning  faoliyat  yo‘nalishini  belgilab 

beradi.  O‘zbekiston,  Fransiya,  Irlandiya,  Rossiyada  prezidentlar  umumxalq 

tomonidan  saylanadi.  AQSH,  Argentina  va  Finlyandiyada  prezident  parlament 

ishtirokisiz,  lekin  ochiq  saylov  yo‘li  bilan  emas,  balki  saylovchilar  kollegiyasi 

tomonidan  saylanadi.  Gretsiya,  Isroil,  Livan,  Maltada  prezident  parlament 

tomonidan  saylanadi.  Italiya,  Germaniya,  Hindistonda  parlament  a’zolari 

prezidentni saylovchi kollegiyaning bir qismini tashkil etadi. 

Siyosiy hokimiyat o‘zining tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab shakllarda 

namoyon bo‘ladi. Oddiy davlat hokimiyatiga unitar davlatni kiritish mumkin. 



Unitar  davlat  hokimiyati  –  bu  ma’muriy-hududiy,  qismlarga  bo‘lingan 

yaxlit, bir butun markazlashgan davlat shaklidir. 

Murakkab shakldagi davlat hokimiyatiga federativ davlatni kiritish mumkin. 

U  o‘z  qonun  chiqaruvchi  organlariga,  o‘z  hukumatlariga  va  sud  organlariga  ega 

bo‘lgan bir nechta nisbiy mustaqil davlatlardan tarkib topadi. 

Bunday davlatlar ixtiyoriy ravishda markazlashgan davlatni tashkil qiladilar. 

Bu  ittifoq  mamlakat  ichki  va  tashqi  hayotida  barcha  federatsiya  a’zolarining 

nomidan ish olib boradi va ularning manfaatlarini himoya qilada, yagona fuqarolik 

va hudud, kredit-moliya hamda boshqa munosabatlarni o‘rnatadi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin