Siyosiy hokimiyat


Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasiga  saylov  va  ikki  palatali



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/83
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#41624
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
6413-Текст статьи-15835-1-10-20201103

Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasiga  saylov  va  ikki  palatali 

parlamentga  o‘tish  (2004  yil  dekabr  —  2005  yil  yanvar).  Ikki  palatali 

parlamentga  o‘tish  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish asosida amalga oshirilgan konstitutsion 

islohotlar,  shuningdek,  asosiy  konstitutsiyaviy  qonunlar  qabul  qilinishi 

natijasida  Qonunchilik  palatasiga  saylov  o‘tkazilib,  u  ikki  bosqichdan  iborat 

bo‘ldi.  Saylov  o‘tkazish  uchun  O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  saylov 

komissiyasi  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to‘g‘risida”gi 

Qonunga  muvofiq,  saylov  uchastkalariga  bo‘lingan  120  ta  saylov  okrugini 

tashkil etdi. Saylovning birinchi bosqichi 2004 yil 26 dekabr kuni o‘tkazilib, 

62  nafar  xalq  noibi,  2005  yil  9  yanvarda  bo‘lib  o‘tgan  ikkinchi  bosqichda 

Qonunchilik  palatasiga  58  nafar  deputat  saylandi.  Saylovlar  ham 

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, ham saylovchilarning 

tashabbuskor  guruhlari  ko‘rsatgan  deputatlikka  nomzodlar  ishtirokida  bo‘lib 

o‘tdi.  


Saylovda  quyidagi  siyosiy  partiyalar  ishtirok  etdi:  “Tadbirkorlar  va 

ishbilarmonlar  harakati  —  O‘zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasi”,  

“Xalq-demokratik  partiyasi”,  “Fidokorlar”  Milliy-demokratik  partiyasi  (2000 

yilning  iyunida  Fidokorlar  partiyasi  “Vatan  taraqqiyoti”  partiyasi  bilan 

birlashgan),  “Adolat”  sotsial-demokratik  partiyasi,  shuningdek,    “Milliy 

tiklanish” Demokratik partiyasi.  



Uchinchi  davr.  Milliy  parlamentarizm  rivoj  topishining  uchinchi  davri 

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  2005  yil  28  yanvardagi 

qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari 

va  senatorlari  amalda  o‘z  ishlariga  kirishdilar.  Mamlakatimiz  qonun 

chiqaruvchilarining  ana  shu  tarixiy  anjumanida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  IAKarimov  dasturiy  ma’ruza  qilib,  unda  jamiyatimizni 

demokratlashtirish  hamda  yangilashning  aniq  va  teran  asoslantirilgan 

konsepsiyasini,  shuningdek,  mamlakatimizni  2005  yilda  va  uzoq  muddatli 

istiqbolda  isloh  etish  hamda  modernizatsiya  qilishning  asosiy  vazifalarini 

ilgari surdi. 




 

63

 

O‘zbekiston  Reepublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi 



mamlakatni  isloh  etish  va  modernizatsiya  qilishning  davlatimiz  boshlig‘i 

tomonidan  olg‘a  surilgan  ustuvor  yo‘nalishlari  hamda  aniq  maqsadli 

vazifalari  asosida  ishlab  chiqilgan  —  2005-2009  yillarga  mo‘ljallangan 

qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi. 

Ikki  palatali  parlament  tashkil  etilgach,  O‘zbekiston  Respublikasida 

qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  o‘z  taraqqiyotida  yangi  pog‘onaga  ko‘tarildi. 

Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsa-da, 

qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul 

qilishda  siyosiy  partiyalarning  roli  kuchaydi.  Qonun  loyihalarini 

partiyalarning  fraksiyalarida  oldindan  ko‘rib  chiqish,  Qonunchilik  palatasi 

yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning 

fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi. 

Ikki  palatali  parlament  sharoitlarida  qonunlar  uch  o‘qishda  qabul 

qilinadi.  Birinchi  o‘qishda  odatda  qonun  loyihasining  umumiy  konsepsiyasi 

va asosiy qoidalari tasdiqlanadi, ikkinchisida — har bir modda batafsil ko‘rib 

chiqiladi  hamda  shu  modda  yuzasidan  alohida  ovoz  berish  o‘tkaziladi, 

uchinchi  o‘qishda  esa  qonun  loyihasi  muhokama  qilinmasdan  to‘laligicha 

ovozga  qo‘yiladi.  Shundan  so‘ng  qonun  qabul  qilinib,  ma’qullash  uchun 

Senatga yuboriladi. 

 

Vazirlar  Mahkamasi  —  O‘zbekiston  Respublikasining  hukumati 



hisoblanadi.  Hukumat  bu  —  davlat  boshqaruvining  oliy  organi  bo‘lib, 

Konstitutsiya  va  qonunlar  asosida  mamlakatning  ichki  va  tashqi  siyosatini 

amalga  oshiradi.  Hukumat  shu  bilan  birga,  jamoat  tartibi  va  milliy 

xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek, davlat boshqaruvining boshqa organlari 

hamda Qurolli kuchlarga umumiy raxbarlik qiladi. 

Turli  mamlakatlarda  hukumat  turli  nomlar  bilan  atalishi  mumkin.  

Masalan  Vazirlar  Kengashi,  Kabinet,  Ministrlar  Kabineti,  Davlat  kengashi, 

Ma’muriy Kengash, Federal Hukumat, Hukumat va hokazo. 

Bizda, 

ya’ni 


O‘zbekiston 

Respublikasida 

hukumat 

“Vazirlar 

Mahkamasi”  deb  nomlangan  bo‘lib,  “O‘zbekiston  Respublikaci  Vazirlar 

Mahkamasi  to‘g‘risida”gi  qonunga  binoan,  u  O‘zbekiston  Respublikasida 

iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohaning  samarali  faoliyatiga 

rahbarlikni,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisining  qarorlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



 

64

 

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini  ta’minlovchi  ijro  etuvchi 



hokimiyat organidir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  tomonidan  Respublikada  ijro 

etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoida 

hukumat  maqomi,  uning  alohida  huquqlarini,  tarkibini,  qonun  chiqaruvchi 

organlari,  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  bilan  o‘zaro  munosabatlari 

tarkibini  belgilashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Hukumat  Prezident,  Oliy 

Majlis  va  sudlar  bilan  bir  qatorda  hokimiyatni,  qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘lish  asosida  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshiradi.  

Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil 

etadigan  xo‘jalik  boshqaruvi  tuzilmalariga  boshchilik  qiladi,  ularning 

hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. 

Vazirlar  Mahkamasi  o‘z  faoliyatida  kollegiallik,  demokratiya  va 

qonuniylik,  O‘zbekiston  Respublikasida  yashovchi  barcha  millat  va 

elatlarning  manfaatini  hisobga  olish  prinsipiga  asoslanadi.  Respublikada 

yashovchi  barcha  millatlar  manfaatlarini  hisobga  olish uchun  o‘z  faoliyatini 

oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.  

Vazirlar  Mahkamasi  qonun  bilan  belgilab  qo‘yilgan  o‘z  tarkibiga  ega 

bo‘lib,  uning  tarkibiga  Bosh  vazir,  uning  birinchi  o‘rinbosari  va 

o‘rinbosarlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  vazirlar,  davlat  qo‘mitalarining 

raislari,  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  boshqa  organlarining  rahbarlari 

kiradilar.  

Vazirlar Mahkamasining tarkibini tuzish borasida mamlakat Prezidentiga 

juda  katta  vakolatlar  berilgan.  Ushbu  vakolatlar  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining 89, 93, 98-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    ikki  palatali  parlament  tuzish 

zarurligi 

to‘g‘risidagi 

g‘oyalari 

XXI 


asr 

boshlarida 

O‘zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirish  strategiyasining  tarkibiy  qismi  sifatida    milliy 

davlatchilik  institutlarini  isloh  qilishning  ustuvor  yo‘nalishlariga  asos  qilib 

olindi.  Davlat  hokimiyati  organlarining  ishini  zamon  talablariga  muvofiq 

ravishda  tubdan  yaxshilamay  turib  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 

jamiyat 


turmushining 

barcha 


sohalarini 

erkinlashtirish 

vazifalarini 

muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan 

kuchli va adolatli hokimiyat, demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk 



 

65

 

davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.  



2002  yil  27-  yanvarda  o‘tkazilgan  Referendumda  O‘zbekiston  xalqi 

mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  konstitutsiyaviy  vakolat  muddatini  besh  yildan  etti  yil  qilib 

uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. Ushbu qarorlar ijtimoiy — siyosiy turmushni 

demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bog‘liq.  

Referendum  qarorlarini  hayotga  tatbiq  etish  uchun,  eng  avvalo 

umumxalq 

ovoz 


berishi 

natijalarini 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasi  va  qonun  hujjatlarida  aks  ettirish  lozim  bo‘ldi.  Referendum 

yakunlari  fuqarolik  jamiyati  institutlari  to‘g‘risidagi,  davlat  hokimiyatini 

tashkil  etish  tizimini,  ya’ni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  va  uning 

palatalari, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti, 

O‘zbekiston 

Respublikasining  Vazirlar  Mahkamasi, mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 

va  sud  hokimiyatining  konstitutsiyaviy  maqokimini  tartibga  soluvchi  yangi 

qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarini takomillashtirishni taqozo 

etdi. 


Yuqoridagilarga  asoslangan  holda  2003  yil  29  avgustda  O‘zbekiston 

Respublikasining 

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi 

to‘g‘risida”gi  yangi  tahrirdagi  qonuni  qabul  qilindi  hamda  ushbu  qonunni 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  saylov 

hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatini  shakllantirish 

yakunlariga  binoan  amalga  kiritilishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisining qarori bilan belgilab qo‘yildi. 

2002  yil  27-yanvarda  o‘tkazilgan  umumxalq  referendumi  natijalariga 

ko‘ra  hamda  uning  asosida  2003  yil  24  aprelda  qabul  qilingan  O‘zbekiston 

Respublikasining  qonuniga  muvofiq  Konstitutsiyaning  XVIII,  XIX,  XX, 

XXIII  boblariga  tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritilgan.  Mazkur  o‘zgartish  va 

qo‘shimchalarga  binoan  Konstitutsiyani  89-moddasining  “O‘zbekiston 

Respublikasining  Prezidenti  ayni  vaqtda  Vazirlar  Mahkamasining  Raisi 

hisoblanadi”  degan  so‘zlardan  iborat  bo‘lgan  ikkinchi  xatboshisi  olib 

tashlandi.  Demak,  qonun  kuchga  kirgandan  so‘ng,  ya’ni  O‘zbekiston 

Respublikasining 

Qonunchilik 

palatasiga 

saylov 

va 


O‘zbekiston 

Respublikasining  Senatini  shakllantirish  yakunlariga  muvofiq  O‘zbekiston 

Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanmaydi.  

Konstitutsiyaning  98-moddasi  hamda  yangi  tahrirdagi  qonunning          




 

66

 

15-moddasiga ko‘ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi 



va  unga  rahbarlik  qiladi,  uning  samarali  ishlashi  uchun  shaxsan  javobgar 

bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini 

imzolaydi, 

boshqacha 

qilib 

aytganda 



Vazirlar 

Mahkamasi 

Raisi 

funksiyalarining  barchasini  amalga  oshiradi.  Qonunchilikda  “Vazirlar 



Mahkamasining  Raisi”  degan  ibora  o‘rnini  “Vazirlar  Mahkamasining  Bosh 

vaziri” degan ibora egallaydi. 

Islohotlarni  evolyusion  yo‘l  bilan,  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish 

tamoyilining  milliy  davlatchiligimiz  taraqqiyoti  modelining  tamoyillaridan 

biri  sifatida  tanlangani  bejiz  ham  emas.  Demak,  taraqqiyot  bir-biri  bilan 

bog‘liq, birin-ketin amalga oshiriladigan islohot va yangilanishlar zanjiridan 

iborat. Bu jihatdan 2010 yil 12 noyabr  demokratik taraqqiyotimizning yangi 

bosqichiga  asos  solingan,  islohotlar  siyosatining  yangi  pallasi  boshlangan 

sanaga  aylandi.  Chunki  xuddi  shu  kuni  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisida  O‘zbekiston 

Prezidenti  Islom  Karimov  “Mamlakatimizda demokratik  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”ning 

taqdim etilishi davlat  hokimiyati  va boshqaruvini  yanada  demokratlashtirish 

va kelgusi keng ko‘lamli siyosiy islohatlar uchun muhim asos bo‘ldi. 

Mamlakatimizda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish 

sohasida  amalga  oshirilgan  islohotlar  o‘ta  muhim  bir  maqsadga,  ya’ni 

hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, 

hokimiyatlar  o‘rtasida  o‘zaro  tiyib  turish  va  manfaatlar  muvozanatining 

samarali  tizimini  shakllantirish,  markazda  va  joylarda qonun chiqaruvchi  va 

vakillik  hokimiyatining  vakolatlari  hamda  nazorat  vazifalarining  rolini 

kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash 

bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan edi.  

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va 

ma’muriy  organlarning  vazifalarini  o‘zgartirishga,  ularning  boshqarish, 

tartibga  solish  va  taqsimlash  borasidagi  vakolatlarini,  xo‘jalik  tuzilmalari 

faoliyatiga  bevosita  aralashuvini  keskin  qisqartirishga  katta  e’tibor  berildi. 

Boshqacha 

aytganda, 

ularning 

vakolatlarini 

bozor 

tamoyillariga 



muvofiqlashtirish 

va 


pirovard 

natijada 

davlatning 

iqtisodiyotni 

boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi.  



 

67

 

Konsepsiyada  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  bir  qancha 



moddalari  –  98-moddasi,  96-moddasi,  73-  va  93-moddalariga  o‘zgartishlar 

kiritish tashabbusi ilgari surilgan.  

Bilamizki,  har  qanday  demokratik  mamlakatda  davlat  hokimiyati  uch 

tarmoqqa  –  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linadi. 

O‘zbekistonda  ham  mustaqillik  qo‘lga  kiritilgach,  hokimiyatlar  bo‘linishi 

prinsipini  hayotga  tatbiq  etishga  kirishildi.  Hokimiyatlar  o‘rtasida  o‘zaro 

tiyib  turish  va  manfaatlar  muvozanatining  samarali  tizimini  shakllantirish 

borasida  muhim  natijalarga  erishildi.  Ayni  paytda,  siyosiy  hayotimizda  yuz 

bergan  demokratik  o‘zgarishlar  tufayli  Bosh  vazir  lavozimiga  nomzod 

ko‘rsatish  va  uni  tasdiqlashning  yangi  tartibini  o‘rnatish  zarurati  yuzaga 

kelmoqda.  Ta’kidlash  joizki,  amaldagi  Konstitutsiyaga  binoan  Bosh  vazir 

nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  binoan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari  tomonidan  ko‘rib 

chiqilar  va  tasdiqlanar  edi.  Endilikda  Bosh  vazir  nomzodining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasiga  saylovlarda  eng  ko‘p 

deputatlik  o‘rnini  olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng  miqdordagi  deputatlik 

o‘rinlarini  qo‘lga  kiritgan  bir  necha  siyosiy  partiyalar  tomonidan  taklif 

etilishi nazarda tutiladi.  

Birinchidan,  bu  yangilik  ijro  hokimiyatini  shakllantirish  tartibining 

yanada  demokratik  tabiat  kasb  etayotganini  ko‘rsatadi.  Ikkinchidan,  yangi 

tartib  Bosh  vazirning  parlament  oldidagi  mas’uliyatini  yanada  orttiradi. 

Uchinchidan,  bu  tashabbusning  ro‘yobga  chiqarilishi  siyosiy  partiyalarning 

ijro  hokimiyatini  shakllantirishdagi  rolini  kuchaytirishga  xizmat  qilishi 

shubhasiz.  To‘rtinchidan,  Bosh  vazir  lavozimiga  kimning  nomzod  etib 

ko‘rsatilishi  endilikda  parlamentning  quyi  palatasiga  saylovlarning 

natijalariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  esa,  mamlakatimizdagi  siyosiy  partiyalar 

faoliyati uchun kuchli rag‘bat, ular o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiruvchi asos 

bo‘lishi tabiiy.  

Aslida  parlamentdagi  ko‘pchilik  tomonidan  taklif  etilgan  nomzodning 

ijro  hokimiyatini  boshqarishi  deputatlarning  unga  bo‘lgan  ishonchini  ham 

orttiradi.  Biroq  siyosiy  hayot  shu  qadar  rang-barangki,  unda  bunga  mutlaqo 

teskari  holatlarni  ham  kuzatish  mumkin.  Navbatdagi  yangilik  ana  shunday 

holatlarni  tartibga  solishga  xizmat  qiladi.  Unga  ko‘ra,    O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisiga  Bosh  vazirga  nisbatan  ishonchsizlik  votumini 




 

68

 

bildirish  huquqi  beriladi.  Aslida  lotincha  “votum”  atamasi  istak,  xohish 



ma’nolarini  anglatadi.  Hukumat  yoki  alohida  vazir  olib  borayotgan 

siyosatning,  ularning  muayyan  xatti-harakatining  parlament  tomonidan 

ma’qullanmasligi  yoki  ular  tomonidan  ilgari  surilgan  qonun  loyihasining 

parlamentda 

qo‘llab-quvvatlanmasligi 

“ishonchsizlik 

votumi” 

orqali 


ifodalanadi.  

Konsepsiyaga  ko‘ra,  Bosh  vazir  va  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi 

o‘rtasidagi  ziddiyatlarning  doimiy  tus  olishi  parlament  quyi  palatasi 

tomonidan  Bosh  vazirga  ishonchsizlik  votumini  bildirish  uchun  asos  bo‘lib 

xizmat qiladi.  Bu  jarayon  quyidagi  tartibda  amalga  oshiriladi:  “Qonunchilik 

palatasi  deputatlari  umumiy  sonining  uchdan  bir  qismi  tomonidan 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qo‘shma  majlisi 

muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi 

masala kiritiladi”. Bundan tashqari, Konsepsiyada Bosh vazirga ishonchsizlik 

votumini bildirish shartlari va buning oqibatlariga doir qoidalar, yangi Bosh 

vazir nomzodini taklif etish tartibi bayon etilgan.  

Umuman  olganda,  O‘zbekistonda  hukumatga  nisbatan  ishonchsizlik 

votumi  institutining  joriy  etilishi  qonunchilik  organi  tomonidan  ijro 

hokimiyatiga  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyatini  kengaytiradi.  Chunki  endilikda, 

zarurat  tug‘ilganida  hukumat  siyosatini  parlament  fikrini  e’tiborga  olgan 

holda  o‘zgartirish, hukumatni nomaqbul  qarorlar qabul qilish imkoniyatidan 

mahrum  qilish  mumkin  bo‘ladi.  Ikkinchidan,  bunday  o‘zgartishlar 

qonunchilik  organi  bilan  ijro  hokimiyati  o‘rtasida  vujudga  kelishi  mumkin 

bo‘lgan  nizolarni  ortiqcha  ehtiroslarga  berilmasdan,  huquqiy  tartibda  hal 

etish  imkonini  beradi.  Uchinchidan,  joriy  etilayotgan  yangi  tartib  siyosiy 

tangliklarning  oldini  olishga,  mamlakatimizdagi  sog‘lom  siyosiy  muhitning 

barqaror  bo‘lishiga  xizmat  qiladi.  Muhimi,  Bosh  vazirga  ishonchsizlik 

votumi  bildirish  masalasi  ham,  yangi  Bosh  vazir  nomzodini  taklif  etish 

masalasi  ham  parlamentning  har  ikkala  palatasida  ko‘rib  chiqiladi.  Demak, 

davlat  boshqaruvining  bunday  o‘ta  muhim  masalalarini  hal  qilishda  siyosiy 

partiyalarning  manfaatlaridan  tashqari,  umumdavlat  va  hududiy  manfaatlar 

mutanosibligiga erishish kafolatlanadi.       

Konsepsiyada 

ijro 


hokimiyati 

bilan 


parlament 

o‘rtasidagi 

munosabatlarga taalluqli yana bir muhim o‘zgartish taklif etildi – parlament 



 

69

 

vakolatlarini  mamlakat  taraqqiyotining  dolzarb  masalalari  yuzasidan  Bosh 



vazirning hisobotlarini eshitish  va  muhokama  qilish  vakolati  bilan to‘ldirish 

g‘oyasi  ilgari  surildi.  Bu  taklifning  ahamiyatini  bir  necha  jihatlar  bilan 

bog‘lash  mumkin.  Birinchidan,  ijro  hokimiyati  rahbarining  qonunchilik 

organi  oldidagi  hisobdorligi  ta’minlanadi.  Ikkinchidan,  hukumatning 

mamlakat  taraqqiyoti  uchun  mas’uliyati  yanada  ortadi,  davlatimizning 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivoji  bilan  bog‘liq  majburiyatlari  yanada  kuchaytiriladi. 

Uchinchidan,  vakillik  organi  bo‘lmish  parlament  timsolida  ijro  hokimiyati 

ustidan  jamoatchilik  nazorati  amalga  oshiriladi.  To‘rtinchidan,  qonunchilik 

organi  bilan  ijro  hokimiyatining  samarali  hamkorlik  qilishiga  sharoit 

yaratiladi.    

E’tiborlisi  shundaki,  konsepsiyada  ayrim  huquqlarni  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  vakolatlari  doirasidan  chiqarish  nazarda  tutilgan. 

Jumladan,  Vazirlar  Mahkamasi  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  yuzasidan 

qarorlar  qabul  qilish,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  va  farmoyishlarini, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  farmoyishlarini  bekor  qilish,  ijro 

etuvchi  hokimiyat  devonini  tuzish  va  unga  rahbarlik  qilish  bilan  bog‘liq 

vakolatlarning  Prezident  vakolatlari  doirasidan  chiqarilishi  taklif  etilgan. 

Bundan  tashqari,  viloyat  hokimlari  hamda  Toshkent  shahar  hokimini  Bosh 

vazir  taqdimiga  binoan  tayinlash  hamda  lavozimidan  ozod  etish  qoidasini 

mustahkamlash g‘oyasi ilgari surilgan.  

Umuman  olganda,  O‘zbekiston  Konstitutsiyasiga  yuqorida  zikr  etilgan 

o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi: 

birinchidan,  hokimiyatlar  o‘rtasida  vakolatlarning  yanada  mutanosib 

taqsimlanishini ta’minlaydi; 

ikkinchidan,  hokimiyatlar  o‘rtasida  o‘zaro  tiyib  turish  va  manfaatlar 

muvozanati tizimining yanada samaraliroq  amal qilishiga xizmat qiladi; 

uchinchidan,  davlat  boshqaruvining  demokratik  tabiatini  yanada 

kuchaytiradi, siyosiy tizimni demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab 

beradi. 

Umuman, 


«Mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi»ning 

hayotga tatbiq etilishi shaxs va siyosiy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarni 

yanada demokratlashtirishga xizmat qiladi. 



 

70

 

Yuqorida  zikr  etilgan  maqsad  va  yo‘nalishlarning  barchasi  avvalo 



mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli 

davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari»  degan  tamoyilni  o‘zida  ifoda 

etadi. 

Xulosa  shuki,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  shaxs  va  hokimiyat 

munosabatlarini  demokratlashtirish  taraqqiyotimizni  ta’minlashning  asosiy 

omiliga  aylandi.  Bu  vazifani  bajarishni  izchillik  bilan  davom  ettirish  esa 

fuqarolik jamiyatini qurish imkoniyatini yaratadi. 


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin